Pasxa
Pasxa (ivritcha: פסח [ˈpʲesəx] — oʻtmoq) — yahudiylar va xristianlarning bahor bayrami. Qadimda koʻchmanchi semit qabilalari pasxani chorva mollarining bahorgi bolalash vaqtida bayram kilganlar. Bu qabilalarning oʻtroqdashishi va dehqonchilik bilan shugʻullanishi natijasida pasxa oʻrim-yigʻim bayramiga aylangan. Pasxa yaxudiylarning yillik bayramlari ichida eng eʼtiborlisidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli oʻlaroq, yaxudiylarning Misrdagi Firʼavn kulligidan qutulib chiqqanlari (taxminan miloddan avvalgi 8-asr) munosabati bilan nishonlanadi. Yaxudiylar pasxa sida keyinchalik messiyani kutish gʻoyasi ham oʻz ifodasini topdi. Xristianlikda bu bayram Isoning tirilishi toʻgʻrisidagi rivoyat bilan boglik boʻlib, pravoslavlarning asosiy bayrami hisoblanadi. Bahorgi tengkunlik va toʻlin oydan keyingi 1yakshan-bada nishonlanadi. Bayram kunlari sa-nasini hisoblab chiqish uchun jadvallar (pasxaliya) tuziladi. Pasxa pravoslav cherkovida Yuliy taqvimi boʻyicha (eski hisobda) 22 martdan 23 aprelgacha boʻlgan davrga; gʻarbiy xristianlarda — Grigoriy taqvimi boʻyicha 26 martdan 23 aprelgacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |