Patagozavr
Patagozavr (lotincha: Patagosaurus „Patagoniya kaltakesagi“ degan maʼnoni anglatadi[1])Toarsiya davrining oxirlarida Patagoniya (Argentina)da yashagan va yoʻqolib ketgan evrozavropod dinozavrlar turkumiga kiradi. U ilk bor taxminan 179-177 million yil avvalgi davrga tegishli boʻlgan. Va suyak qoldiqlari Kanyadon Asfalto togʻ yon bagʻrlaridan topilgan. Patagozavr turiga kiruvchi yana 12 xil dinozavrlar topilgan boʻlsa-da, ulardan kamida bittasi boshqa turkumga tegishli boʻlishi mumkin, chunki bu haqda aniq maʼlumotlar haligacha topilmagan. „Patagozavr“ ehtimol Gadolosaurus,Kondorraptor vaVolkeimeriya kabi turkumlar bilan birga yashagan. Patagozavrning koʻplab namunalari mavjud boʻlib,Yuvenil turini misol keltirish mumkun, uning anatomiyasi va oʻsishi haqida koʻplab maʼlumotlar mavjud. Ikkala turdagi hayvonda ham tipik xususiyatlari juda oʻxshash, xususan, uzun boʻyin, kichik bosh, uzun dum va toʻrt oyoq. Yuvenil eksponatlar mandible, pectoral girdle, pelvis va hindlimb kabi boshqa hududlarda yashagan yirik hayvon turlaridan farq qiladi, garchi ularning anatomiyasi juda oʻxshash boʻlsa ham. Maʼlum boʻlgan koʻplab namunalar avlod anatomiyasidagi boʻshliqlarni toʻldirishga yordam beradi, masalan, oldingi oyoq va bosh suyagi. Skeletning koʻkrak kamari, katta boldir suyagi va kichik tos suyagi kabi qismlari mustahkamroq, oldingi oyoq va kichik tos kabi boshqa qismlari esa nozikroqdir. Patagozavr Ketigozavr va Volhemerya kabi bir-biriga yaqin turlarga, Barapozavr va „Amygdalodon“ kabi turkumlariga oʻxshaydi.
Patagozavr | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Sinf: | Sut emizuvchilar |
Turkum: |
Patagozavr Bonaparte, 1979 yil |
Kashf etilishi va nomlanishi
tahrir1970-yilgacha nomaʼlum boʻlgan dinozavrning koʻplab namunalari bir xil qatlamda va Cerro Condor yoʻnalishi yaqinidagi toshli hududda topilgan[2]. Birinchi marta Jose Bonaparte tomonidan 1979-yilda kashf etilgan. Qazilma davomida Patagozavr jinsini, shuningdek, uning tashqi koʻrinishini yaratdi. Patagozavrning umumiy nomi uning Patagoniyada topilgan joyi va sudralib yuruvchi ekanligi bilan bogʻliq[1]. Bu maxsus nom dastlabki kashfiyot qilishni boshlagan Rikardo Farias sharafiga bagʻishlangan. Jins dastlab holotip, deb nomlangan bosh suyagi boʻlmagan deyarli toʻliq postkranial skeletdan maʼlum boʻlgan va koʻplab namunalarga murojaat qilingan ammo, 2003-yilda tishlar turiga tegishli ekanligi aniqlandi, shuning uchun koʻproq namunalar ushbu takson boʻlishi mumkin[3]. Uning skeleti Piatnitazavur va Volhemeriya kabi turlari dastlab Patagoniya atrofidan topilgan va Kanadon formatsiyasining Kallovian-Oksford laboratoriyasida kashf etilgan[3]. Ushbu kashfiyotlar yaqinda qayta koʻrib chiqildi va ilgʻor olimlar izlanishi tufayli Las Charcitasning uchta avlodi va barcha umurtqali hayvonlarning suyaklari 179 va 178 million yillar orasida, yaʼni kechki Toark yillarida toʻplanganligi aniqlandi[4]. Patagozavr deyarli toʻliq maʼlum boʻlib, deyarli butun skeletni, shu jumladan bosh suyagining qismlarini qoplagan koʻplab artikulyatsiya namunalari topilgan[2]. Oʻn ikki dan ortiq namunalar turga kiritilgan[1]garchi materialning bir qismi, ehtimol, noyob taksonlardan boʻlsa ham[3]. Bonaparte (1986) PVL 4170, PVL 4076, Muzeo Argentino de Ciencias Naturales|MACN CH 934 va MACN CH 933 holotipidan tashqari uchta namunani jinsga ajratdi. Galotip postkranial skeletni oʻz ichiga olgan boʻlsa-da, qolganlari bosh suyagi materiali va deyarli toʻliq yuvenil skelet va bosh suyagidan maʼlum[2][3]. MACN CH 933 Patagozavr turi materiali bilan toʻgʻridan toʻgʻri taqqoslanadi, bu uning jins bilan bogʻliqligini tasdiqlaydi. Birinchi marta 2003-yilda Patagozavr deb atalgan MPEF-PV 1670 namunasi (faqat pastki jagʻni oʻz ichiga oladi) ham MACN CH 933 ga juda oʻxshash va farqlaridan bu yoshga bogʻliq boʻlishi mumkin, shuning uchun MPEF-PV 1670 kattalar bosh suyagi materialini ifodalaydi. Biroq, MACN CH 934 tishlari ikkala pastki jagʻ tishlaridan juda farq qiladi(MACN CH 933 va MPEF-PV 1670)[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Holtz, T.R. Jr.. Dinosaurs, The Most Complete, Up-to-date Encyclopedia for Dinosaur Lovers of All Ages. Random House, 2007 — 394-bet. ISBN 978-0-375-82419-7.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Bonaparte, J.F. (1986). "Les dinosaures (Carnosaures, Allosauridés, Sauropodes, Cétosauridés) du Jurassique Moyen de Cerro Cóndor (Chubut, Argentina)". Annales de Paléontologie (Vert.-Invert.) 72 (4): 325–386. http://paleoglot.org/files/Bonaparte_86b.pdf.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Rauhut, O.W.M. (2003). "A Dentary of Patagosaurus (Sauropoda) from the Middle Jurassic of Patagonia". Ameghiniana 40 (3): 425–32. ISSN 0002-7014. http://www.ameghiniana.org.ar/index.php/ameghiniana/article/view/970.
- ↑ Pol, D.; Gomez, K.; Holwerda, F.H.; Rauhut, O.W.M.; Carballido, J.L. „Sauropods from the Early Jurassic of South America and the Radiation of Eusauropoda“, . South American Sauropodomorph Dinosaurs. Record, Diversity and Evolution. Springer, 2022 — 131–163-bet. DOI:10.1007/978-3-030-95959-3. ISBN 978-3-030-95958-6.