Patefon (frans. firmasi "Pathe" nomi va ... fon) — grammofon plastinkasiga yozilgan tovushni qayta eshittirish uchun xizmat qiladigan apparat, grammofonningturi. Dastlabki P. katta karnayli boʻlgan, keyinchalik kar-nayi kuti ichiga joylashtirilgan. Diskini dasta bilan burab taranglab turiladigan prujina aylantiradi. P. 20-asr 50-yillarigacha ishlatilgan. Baʼzi xonadonlarda, muzeylarda hozir ham saqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil