Patent
Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.[1]
Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud boʻlishi zarur.
Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi.
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan.
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Patentlar: Koʻp beriladigan savollar (ingl.)“. Mualliflik Huquqi Boʻyicha Xalqaro Tashkilot. 2013-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2013-02-25 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirVikiomborda Patentlar haqida turkum mavjud |
- Mualliflik huquqi bilan shugʻullanuvchi ofislar roʻyxati (Mualliflik Huquqi Boʻyicha Xalqaro Tashkilot) (ingl.)
- http://www.epo.org/topics/ip-webguide.html (Wayback Machine saytida 2010-08-09 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |