Patra
(Patridan yoʻnaltirildi)
Patra, Patri — Yunonistondagi shahar, Peloponnes yarim orolda. Axeya nomining maʼmuriy markazi. Aholisi 170 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Ioni dengizining Patrikos qoʻltigʻidagi port (chetga magiz, vino, jun, zaytun moyi chiqariladi). P.dan Italiyaning Brindizi shahriga parom qatnaydi. Mashi-nasozlik, shina ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, koʻn-teri, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qogʻoz sanoati korxonalari; universitet bor. Turizm rivojlangan. Meʼmoriy yodgorliklardan qasr va boshqa saqlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |