Patriarx
Patriarx (yun. pater — ota va archo — boshqaraman) — cherkov iyerarxiya-sida oliy unvon. Xristian cherkovidagi Rim, Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus yepiskoplarida shu unvon boʻlgan. Hozirgi pravosla-viyeda oliy diniy lavozim, avtokefal cherkovi boshligʻi. Cherkov yigʻinida saylanadi. Rus pravoslav cherkovida P.lik lavozimi 1589—1700-yillarda boʻlgan, 1917-yil 5(18) noyabrda qayta tiklangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |