Paul Giamatti

amerikalik aktyor

Paul Edward Valentin Giamatti (6-iyun, 1967-yil tugʻilgan) - amerikalik aktyor. Uning mukofotlari Primetime Emmy va 3 ta Oltin globus mukofoti, shuningdek, 2 marotaba Akademiya mukofoti uchun va bir marta Britaniya Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan.

Paul Edward Valentin Giamatti

Paul Giamatti 2024-yilda
Tavalludi 6-iyun 1967
Fuqaroligi AQSH
Taʼlimi Yale Universiteti
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1989-yildan hozirgacha
Dini ateist
Turmush oʻrtogʻi Elizabeth Cohen (1997 - ajrashgan)
Bolalari 1
Otasi Bartlett Giamatti

Yale drama maktabida aktyorlik kursini tugatgach Giamatti bir qancha teatr spektakllarida rol ijro etadi. U Broadway teaatrida oʻzining debyutini Tom Stoppardning Arcadia asarininig 1995-yilgi sahnalashtiruvida Ezra Chater obrazini gavdalantirish bilan boshlaydi. Oʻsha yili u David Harening Racing Demon asarida ham rol ijro etadi. Keyinchalik u 1997-yilda Anton Chexovning Uch opa-singillar va 1999-yilda Eugene OʼNeillninig The Iceman Cometh asarlaridagi ijrosi bilan teatrga qaytadi.


Giamatti 1997-yilgi Private Parts filmida olomshul rol ijro etadi, bu keyinchalik uni Eng yaxshi doʻstimning toʻyi (1997), Oddiy askar Rayanni qutqarish (1998) va Oydagi odam (1999) kabi mashhur filmlarda ikkinchi darajali rollarni oʻynashiga yordam beradi. Shuningdek, u Amerikancha dabdaba (2003), Hamrohlar (2004), Gʻalaba, gʻalaba (2011) va Shaxsiy hayot (2018) kabi filmlardagi bosh rollar uchun maqtovlarga loyiq koʻrilgan. Paul Giamatti 2005-yilgi Cindrella Man filmi uchun Eng yaxshi ikkinchi darajali akyor uchuun Oskar mukofitini olgan boʻlsa, 2023-yilda suratga olingan The Holdovers filmidagi roli Eng yaxshi aktyor nominatsiyasiga qoʻyildi.

Bolaligi va taʻlimi

tahrir

Paul Edward Valentine Giamatti 1967-yilda 6-iyunda Konnektikut shtati, New Haven shahrida tugʻilgan[1][2]. U oilaning eng kichik, uchinchi farzandi edi. Otasi Bartlett Giamatti Yale Universiteti professori, keyinchalik universitet prezidenti boʻlgan[3]. Onasi Toni Marilyn Giamatti uy bekasi va Hopkins maktabida ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan[1][4].

Uning ota tomonidan bobolari Telese Terme komunnasidan boʻlgan italiyalik emigrant boʻlishgan; ularning oliaviy familiyasi "Giammattei" koʻrinishida yozilgan[5]. Uning ota tomonidan buvisi New Englanddan boʻlib, uzoq kolonial davrlarga borib taqalar edi[6]. Giamattining akasi Marcus ham aktyor, singlisi Elena esa taqinchoqlar dizayneri boʻlib ishlaydi.

Giamatti Yale Universitetida bituruvchi talabalar teatr sahnasida faol boʻlib, aktyor doʻstlari Ron Livingston va Edward Norton bilan birga ishlagan. U 1989-yil bakalavr darajasi bilan oʻqishni tugatadi va Yale Drama maktabiga tasviriy sanʼat yoʻnalishida magistr darajasini olish uchun boradi. U bir qancha teatr spektakllarda, shuningdek, Broadway va 1989-yildan 1992-yilgacha Seattleʼs Annex teatrida rol ijro etadi[7].


2023-yilda Giamatti Yale Universiteti tomonidan muddatidan avval tasviriy sanʼat doktori unvoni bilan taqdirlandi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Giamatti Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Bruklin Heights dahasida istiqomat qiladi va 1997-yildan 2000-yillarning nomaʼlum sanasigacha Elizabet Koen bilan turmush qurgan[8]. Ularning Samuel ismli o‘g‘li bor. Dindor boʻlmasa-da, u shunday degan edi: "Mening xotinim yahudiy. Men oʻgʻlimni yahudiy qilib tarbiyalaganimdan mamnunman"[9].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Gill, Pringle „Paul Giamatti: Mr Potato face“ (inglizcha) (2007-yil 27-noyabr). 2007-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 27-noyabr.
  2. „Famous birthdays for June 6: Ashley Park, Sandra Bernhard“. UPI (2022-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
  3. Diamond, Jared „He’s the Son of a Baseball Commissioner. He Might Win an Oscar.“ (en). The Wall Street Journal (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
  4. „–Ai. Bartlett Giamatti Marries Ton! Smith“. The New York Times (1960-yil 19-iyun). Qaraldi: 2010-yil 22-may.
  5. LaGumina, Salvatore J.. The Italian American Experience: An Encyclopedia. New York: Garland, 2000 — 263–264-bet. ISBN 9780815307136. „Angelo Giamattei.“ 
  6. Reston, James. Collision at Home Plate: The Lives of Pete Rose and Bart Giamatti. Nebraska: U of Nebraska Press, 1997 — 15–16-bet. ISBN 0-8032-8964-2. 
  7. Wiecking, Steve. Seattle Met magazine. "Worried Man". July 2009 edition. Seattlemet.com (Wayback Machine saytida November 10, 2012, sanasida arxivlangan)
  8. Hale, Mike. "Film", The New York Times. July 29, 2007. Retrieved November 29, 2007.
  9. Lipworth, Elaine. „Paul Giamatti: My family values“ (2011-yil 20-may). Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.