Paul Heyse
Paul Johann Ludwig von Heyse (1830-yil 15-mart – 1914-yil 2-aprel) – nemis yozuvchisi va tarjimoni. Berlindagi Tunnel über der Spree va Myunxendagi Die Krokodile nomli adabiy jamiyatlarning aʼzosi boʻlib, u roman, sheʼr, 177 qissa va oltmishga yaqin drama yozgan. Heysening koʻp va xilma-xil asarlari yigʻindisi uni nemis adabiyotshunoslari orasida yetakchi shaxsga aylantirgan. „U lirik shoir, dramaturg, romanchi va dunyoga mashhur qisqa hikoyalar yozuvchisi sifatida oʻzining uzoq va samarali faoliyati davomida koʻrsatgan. Hamda idealizmga singib ketgan mukammal sanʼatiga hurmat bildirish maqsadida“ 1910-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Nobel hakamlaridan biri Wirsen „Germaniyada Gyotedan keyin bunday adabiy daho boʻlmagan“ deb tarif bergan. Heyse adabiyotda Elis Munro, Yaroslav Seyfert, Teodor Mommsen va Doris Lessingdanlardan soʻng beshinchi eng keksa laureat boʻlgan.
Paul Heyse | |
---|---|
Tavalludi | 15-mart 1830[1] |
Vafoti | 2-aprel 1914[1] |
Ijod qilgan tillari | Nemis tili[2] |
Fuqaroligi | Prussiya qirolligi |
Hayoti
tahrirPol Heyse 1830-yil 15-martda Berlinning Heiliggeiststraße shahrida tugʻilgan. Uning otasi, taniqli filolog Karl Wilhelm Ludwig Heyse[3] Berlin universiteti professori boʻlib, Vilgelm fon Gumboldtning kenja oʻgʻli (1815–1817) va Feliks Mendelsonning (1819–1827) tarbiyachisi boʻlgan. Uning otasi tomonidan bobosi Johann Christian August Heyse(1764-yil 21-aprel, Nordxauzen – 1829 yil 27-iyul, Magdeburg) mashhur nemis grammatikasi va leksikografi boʻlgan. Paul Heysening onasi yahudiy boʻlgan[4].
Heyse 1847-yilgacha Friedrich-Wilhelms gimnaziyasida oʻqigan. Keyinchalik u namunali talaba sifatida yodda qolgan.
Maktabni tugatgandan soʻng, Heyse klassik filologiyani oʻrganishni boshlagan. U Jacob Burckhardt, Adolph Menzel, Theodor Fontane and Theodor Storm bilan uchrashgan va 1849-yilda Tu cnnel über der Spree adabiy guruhiga qoʻshilgan. Frühlingsanfang 1848 – bu Heysening birinchi bosilgan sheʼrlari.
Berlin universitetida ikki yil oʻqib, sanʼat tarixi va roman tillarini oʻrganish uchun 1849-yil aprel oyida Bonnga joʻnab ketgan. 1850-yilda u nihoyat yozuvchilik faoliyatini yakunlagan va Germaniyada roman filologiyasining kashshofi Fridrix Diez rahbarligida dissertatsiyani yoqlaydi. Ammo Heysen professorlaridan birining rafiqasi bilan ishqiy munosabatda boʻlganligi maʼlum boʻlgach, uni Berlinga qaytarib yuborishgan. Heysening birinchi kitobi „Der Jungbrunnen“ (ertaklar va sheʼrlar toʻplami) va „Francesca von Rimini“ tragediyasini otasi nashr etgan.
1851-yilda Heyse „Tunnel“ aʼzolari tomonidan „Das Tal von Espigno“ balladasi uchun oʻtkazilgan tanlovda gʻolib chiqgan va uning birinchi qisqa hikoyasi „Marion“ (1852) ham xuddi shunday sharafga sazovor boʻlgan. Geibel va Heysening sheʼrlari va xalq qoʻshiqlari tarjimalari toʻplami bor va ularni Spanishches Liederbuch bastakorlar, jumladan Robert Shumann (74 va 138-bandlar), Hugo Wolf (Lieder toʻplami Spanisches Liederbuch, 1891) va Adolf Jensenlarga juda maqul kelgan. Shuningdek, Wolf asari Heysening Italienisches Liederbuch toʻplamidan parcha hisoblanadi. Faoliyati davomida Heyse italyan adabiyotida tarjimon sifatida ham ishlagan.
1852-yil may oyida Heyse trubadurlar haqidagi ishi uchun doktorlik unvoniga sazovor boʻlgan[5] va Prussiya stipendiyasi unga eski Provans qoʻlyozmalarini izlash uchun Italiyaga joʻnab ketishiga ruxsat bergan. U Arnold Böcklin va Jozef Viktor fon Sheffel bilan doʻstlashdi, ammo nashr etilmagan qoʻlyozmalardan parchalarni koʻchirib olgani aniqlanganidan keyin Heysega Vatikan kutubxonasiga kirish taqiqlanadi. U 1853-yilda Germaniyaga qaytib keladi va uni birinchi marta mashhur qilgan asarlarni aynan shu yerda yozgan. Uning eng mashhur qissasi „L’Arrabbiata“[6] („The Fury“, 1853, 1855-yilda nashr etilgan) va „Lieder aus Sorrent“(„Songs of Sorrento“, 1852-1853).
1855-yil 22-avgustda Heysening birinchi oʻgʻli Franz tugʻilgan. Heysening birinchi turmushidan toʻrt farzandi bor edi. Ulara Franz (1855–1919), Julie or Lulu (Frau Baumgarten, 1857–1928), Ernst (1859–1871) and Clara (Frau Layriz, 1861–1931). 1859-yilda Kuglerlar oilasi oldidagi majburiyatlar Heyseni Literaturblatt zum deutschen Kunstblatt muharriri lavozimini egallashga majbur qilgan.
Uning soʻnggi nashr etilgan asarlari Letzten Novellen va Italienischen Volksmärchen (1914) boʻlgan. U 1914-yil 2-aprelida, Birinchi jahon urushi boshlanishidan bir necha oy oldin vafot etgan va Waldfriedhofda dafn qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Heyse, Paul Johann Ludwig" Encyclopædia Britannica 13 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 438
- ↑ Julius Petersen: Die Wissenschaft von der Dichtung, Berlin 1944, p 291.
- ↑ „Paul von Heyse“.
- ↑ Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Heyse, Paul Johann Ludwig" Encyclopædia Britannica 13 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 438