Pavel Garkovenko
Pavel Yevstafiyevich Garkovenko (1825-yil 4-iyul – 1893-yil, Toshkent[1]) – rus armiyasining general-leytenanti, Kavkaz va Rus-turk urushi (1877-1878) qatnashchisi.
Pavel Yevstafiyevich Garkovenko | |
---|---|
Tavalludi | 4-iyul 1825-yil |
Vafoti |
1893 Toshkent |
Unvoni | General-leytenant |
Jang/urush | Rus-turk urushi |
Hayoti
tahrirPavel Garkovenko 1825-yil 4-iyulda tugʻilgan[2].
Pavlovsk kadetlar korpusida oʻqishni tugatgandan soʻng, 1844-yil 10-avgustda 16-artilleriya brigadasida praporshchik unvoniga ega boʻldi.
Keyin leytenant unvoni bilan 1850—1855-yillarda Kavkazdagi 19-artilleriya brigadasiga oʻtkazildi. Pavel Yevstafiyevich Garkovenko Kavkazda togʻlilar bilan koʻplab janglarda qatnashgan. Ushbu janglardagi jasorati uchun shtab-kapitan unvoni va 3-darajali Stanislav ordeni bilan taqdirlangan (1857).
1877—1878-yillardagi Rus-turk urushida qatnashgan. Rus-turk urushida polkovnik unvoniga ega boʻlgan va Kavkaz artilleriya brigadasining 2-batalyoniga qoʻmondonlik qilgan. Kavkaz artilleriya brigadasining 2-batalyoni bilan Ardaxonga hujum qilgan. 1877-yil 31-iyulda Garkovenko 4-darajali Muqaddas Georgiy ordeni bilan taqdirlandi.
1877-yil 23-oktyabrda Pavel Garkovenko Aladjin tepaligidagi va Deva-Boynudagi janglarda qatnashgan 40-artilleriya brigadasi qoʻmondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Kavkaz urushidagi harbiy jasorati uchun Garkovenkoga „Jasorat uchun“ yozuvi boʻlgan oltin shamshir, 3-darajali Avliyo Vladimir ordeni va general-mayor unvoni (1879-yil 13-iyul) berildi. 1879-yilda Garkovenko 40-artilleriya brigadasi qoʻmondoni etib tayinlandi.
1886-yilda Garkovenko Turkiston harbiy okrugi artilleriya boshligʻi etib tayinlandi, 1889-yilda esa general-leytenant unvonini oldi.
Pavel Garkovenko 1893-yil 30-oktyabrda vafot etdi. U Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[3].
Pavel Yevstafiyevichning qizi Mariya Mixaylovskiy artilleriya akademiyasining boshligʻi general Vasiliy Timofeyevich Chernyavskiyga uylangan edi. Ikkinchi qizi Yelena (1859—1935) isteʼfodagi artilleriya generali (1910), Rossiya-Turkiya urushlari qatnashchisi, Turkiston harbiy okrugi artilleriya boshligʻi, Mixaylovskiy artilleriya maktabi oʻqituvchisi Aleksandr Nikolayevich Petrakovga uylangan.
Mukofotlari
tahrir- Stanislav ordeni (1857);
- Avliyo Vladimir ordeni (1870);
Manbalar
tahrir- ↑ „Гарковенко Павел Евстафьевич“. www.biografija.ru. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Биографический энциклопедический словарь. Гарковенко“. www.enc.biblioclub.ru. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Случайные находки… — Письма о Ташкенте“. www.mytashkent.uz. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.