Pavel Lisitsian
Pavel Gerasimovich Lisitsian (1911.24.10 (6.11), Vladikavkaz - 2004.06.07, Moskva) — arman xonandasi (bariton). 20-asr opera ijrochiligining yetakchi namoyandalaridan. Yerevan konservatoriyasini tugatgan (1960). Leningrad opera teatri (1935—37), Armaniston opera va balet teatri (1937—40), Katta teatr (1940—66)da yakkaxon xonanda, Yerevan konservatoriyasida professor (1967—73). Keng diapazonli, kuchli, jarangdor va tiniq ovoz sohibi. Ijro uslubi mukammal musiqiy talqin, yuksak badiiy did bilan ajralib turadi. Opera sahnasida Almast (A. Spendiarov, "Almast"), Arshak II (P. Chuxajanyan, "Arshak II"), Yeletskiy, Onegin, Mazepa, Robert (P. Chaykovskiy, "Qargʻa motkasi", "Yevgeniy Onegin", "Mazepa", "Iolanta"), Jermon, Amonasro, Ford (J. Verdi, "Traviata", "Aida", "Falstaf"), Napoleon (S. Prokofyev, "Urush va tinchlik") kabi asosiy partiyalarni ijro etgan. Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlarida, xususan, Oʻzbekistonda ham gastrolda boʻlgan. Lisitsianning farzandlari — Karina (1938, metsso-soprano), Ruzanna (1945, soprano, Niderlandiyadagi xalqaro xonandalar tanlovi laureati, 1974), Ruben (1945, tenor, Germaniyadagi Shuman nomidagi tanlov golibi, 1969) ham xonandalardir. Lisitsianning qizlari mashhur "Madrigal" ansambli bilan Toshkentda konsert berishgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |