Pavel Yorkin
Pavel Konstantinovich Yorkin [1891.10(22). 2, Kiyev - 1952.9.12, Toshkent] — balet artisti, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1952), oʻzbek professional balet sanʼatini yaratuvchilaridan. 1910—35 yillarda Kiyev, Odessa, Harkov, Dnepropetrovsk, Rostov, Tbilisi opera va balet teatrlarida solist, baletmeyster va badiiy rahbar. 1935— 38 yillarda Toshkent rus opera va balet teatrida baletmeyster va pedagog-repetitor. 1944—52y. lar Navoiy nomidagi opera va balet teatrida bosh baletmeyster. Eng yaxshi postanovkalari: "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafyev), "Koppeliya" (L. Delib), "Don Kixot" (L. Minkus), "Kizil gul" (R. Glier), "Raqqosa" (G. Mushel), "Oqqush koʻli" (P. Chaykovskiy), "Oqbilak" (S. Vasilenko) va b. 17 ta opera raqslarini sahnalashtirgan. 1944 i. da teatr qoshida balet studiyasi tashkil qilib, 1948-yil gacha rahbarlik qilgan. Y. tashabbusi bilan Moskva xoreografiya bilim yurti krivda oʻzbek balet studiyasi tashkil qilingan (1948—51).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |