Paviya shoʻrvasi (italyancha: zuppa alla pavese — „Paviyacha shorva“) — bulyonli, qovurilgan qoqnon boʻlaklari va chala qaynatilgan tuxumdan iborat italyan shoʻrvasi. Unga odatda parmezano-reggiano pishlogʻi qirindisini qoʻshib[1] beriladi.

Nonni sariyogʻ yoki zaytun moyida qovuriladi, ustiga xom tuxum chaqiladi va issiq goʻshtli bulon quyib, shoʻrva tayyorlanadi. Keyin uni olovbardoshli idishda pechga tiqiladi, ustiga qirilgan pishloq va mayda toʻgʻralgan koʻkpiyoz sepiladi[2].

Retsept Fransiya qiroli Frensis I tufayli paydo boʻlgan, deb hisoblanadi. 1525-yil 24-fevralda Paviya jangi paytida u asirga olingan va darhol yaqin-atrofdagi fermaga (Cascina Repentita nomi bilan tanilgan) olib borilgan. Rivoyatga koʻra, shoshib qolgan dehqon ayol taniqli mehmonga oʻsha lahzada oʻzida bor narsalardan shoʻrva qilib berishdan boshqa yoʻl topolmagan. Shunday qilib, u mashhur shoʻrva kash qilib qoʻygan, taom esa qirolga juda manzur boʻlgan. Bir yil ispanlarda asir boʻlib 1526-yilda uyiga qaytgan Frensis I bu taom bilan fransuz saroyini tanishtirgan. Shoʻrvaning omadi chopib, tez orada ommalashib ketgan[3][4][5].

2015-yil may oyida Paviya shoʻrvasi rasmiy ravishda Lombardiya viloyatining anʼanaviy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxatiga kiritilgan[6]. Ushbu taomdan grenokning (qovurilgan shoʻrtak qoqnon) janubiy nemischa nomi (pafese/pofese) kelib chiqqan[7].

Manbalar

tahrir
  1. Elizabeth David, Italian Food, 1954, p. 53
  2. Federico Pezzaioli. „Bread and egg soup (Zuppa alla Pavese)“ (en). Italyum. 2020-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  3. „Zuppa alla Pavese“ (it). saperesapori.it (2018-yil 10-yanvar). 2018-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2018-01-10 sanasida arxivlangan)
  4. „Zuppa pavese tra storia e leggenda“ (it). paviafree.it (2018-yil 10-yanvar). 2017-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2017-06-08 sanasida arxivlangan)
  5. Айвазян Ю. Моя итальянская кухня для бедных. Николаев: Strelbytskyy Multimedia Publishing — 21-bet. 
  6. „La zuppa alla Pavese diventa piatto storico“ (it). La Provincia Pavese (2018-yil 10-yanvar). 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  7. Ulrich Ammon, Variantenwörterbuch des Deutschen: die Standardsprache in Österreich, der Schweiz und Deutschland sowie in Liechtenstein, Luxemburg, Ostbelgien und Südtirol, 2004, ISBN 3110165759, p. 552