Pavlodar
Pavlodar (qozoqcha: Павлодар) — Qozog'istonning shimoli-sharqidadagi shahar (1861-yildan buyon), Pavlodar viloyatining markazi (1938-yildan buyon), yirik temir yoʻl stasiyasi, daryo va havo porti. Aholisi 322,305 kishi (2012). Shahar Qozogʻistonning janubiy-gʻarbi hisoblanadigan Irtish daryosining oʻng yoqasida, dengiz sathidan 135 metr balandlikda joylashgan. Poydevori 17 asrning oxirlarida Irtish daryosining yaqinidagi kolardan tuz qazib olish uchun qalangan.
Pavlodar qozoqcha: Павлодар | |
---|---|
viloyat markazi | |
52°18′56″N 76°57′23″E / 52.31556°N 76.95639°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Pavlodar viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Bakauov, Bolat Zhumabekovich |
Asos solingan | 1720 |
Maydon | 6,378 km2 (2,463 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2014) |
353 930[1] |
Milliy tarkib |
ruslar — 45,74 %, qozoqlar — 38,62 %, ukrainlar — 6,69 %, olmonlar — 2,73 %, tatarlar — 2,34 %, beloruslar — 0,86 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7182[2] |
Pochta indeks(lar)i | 140000 — 140017[3] |
Avtomobil kodi | S, 14 |
|
Aholisi
tahrirShahar aholisi — 331,119 kishiga yetdi. (1-yanvar 2012-yil), tarkibidagi okrug va qishloqlar bilan 342,321 kishi[4].
Shaharning milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
- ruslar — 151 709 kishi (45,74 %)
- qozoqlar — 128 103 kishi (38,62 %)
- ukrainlar — 22 184 kishi (6,69 %)
- olmonlar — 9 058 kishi (2,73 %)
- tatarlar — 7 752 kishi (2,34 %)
- beloruslar — 2 852 kishi (0,86 %)
- ingushlar — 1 279 kishi (0,39 %)
- moldavanlar — 954 kishi (0,29 %)
- ozarbayjonlar — 802 kishi (0,24 %)
- chechenlar — 800 kishi (0,24 %)
- koreyslar — 594 kishi (0,18 %)
- polyaklar — 574 kishi (0,17 %)
- bulg'orlar — 475 kishi (0,15 %)
- chuvashlar — 425 kishi (0,14 %)
- boshqurtlar — 415 kishi (0,13 %)
- boshqalar — 5 470 kishi (1,65 %)
- Umumiy — 331 710 kishi (100,00 %)
Sanoati
tahrirPavlodarda ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, traktorsozlik, kemasozlik — kema taʼmirlash va boshqa zavodlar bor. Temir-beton buyumlari kombinatlari, issiqlik elektr markazi (TETS)lari mavjud, oziq-ovqat va yengil sanoatlari katta ahamiyatga ega. Agrosanoat majmui rivojlangan. Pavlodar yonidan Irtish — Qaragʻanda kanali oʻtgan.[5]
Tarix
tahrir- 1720-yili uning asosida Koryakov harbiy istehkomi (forpost) barpo etildi.
- 1838-yili Yamishov qamalidan harbiy boʻlimning koʻchirilgani uchun Koryakov stansiyasi barpo etildi.
- 1861-yili forpost Pavlodar deb nomlandi da, viloyatlar tashkil etilishiga doir Semey viloyatiga qarashli Pavlodar uezdining markazi boʻldi.
- 1932-yilgacha okrug shahar markazi boʻldi.
- 1932—1938-yillari Sharqiy Qozog'iston viloyatida tuman markazi boʻldi.
Kengash hukumatigacha Pavlodar asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan, texnika bilan yaxshi taʼminlanmagan kichkina korxonalardan tashkil topgan sanoat va savdo markazi boʻldo. Pavlodarda bor yoʻgʻi 6-ta boshlangʻich maktab, 1-ta jamoat kutubxona va klub faoliyat yuritdi.
Taʼlim
tahrirBunda davlat 2 oliy oʻquv yurti bor:
- S. Toʻraygʻirov nomli Pavlodar davlat universiteti
- Povlodar universiteti faoliyat yuritadi.
- Shahar va viloyat iqtisodining koʻpchilik sohalariga oʻrta bilimli hunarli mutahasislarni tayyorlash ishlari bilan 17-ta kasbiy-texnik maktab bilan 10 kolledj shugʻullanishadi.
- Umumiy bilim betadigan 43-ta maktab bor.
- 6-ta litsey.
- Maktabgacha bir necha bolalar bogʻchasi bor.
Pavlodarda
tahrirPavlodarda:
- 5-ta madaniyat uyi;
- 17-ta kutubxona (uning ichida viloyat ilmiy-texnik kutubxona);
- A. Chexov nomli viloyat drama teatri;
- J. Aymautov viloyat qozoq musiqa drama teatri;
- I. Bayzaqov nomli fiarmoniya;
- B. jirav nomli adabiyot muzeyi;
- G.Potanin nomli tarixiy-davlatnoma muzeyi;
- I.J.Koʻpeev viloyat mechiti;
- 5-ta stadion;
- 6-suzish bosseyni faoliyat yuritadi.
Tibbiy mahkamalari
tahrirTibbiy mahkamalaridan:
- 13-ta kasalxona va dispanser;
- 4-ta shifoxona;
- 3 feldsh.-akusherlik ambulatoriya bor;
- 9 feldsherlik punkt;
- 23 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya bor.
Iqlimi
tahrirBu hududning qishi uzoq va qorli sovuq boʻladi, yozi issiq va quruq boʻladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 17,8, iyulniki — 21,2 boʻladi.[6].
- Havoning yillik oʻtacha harorati — 3,4 °C
- Havoning tozaligi — 67,5 %
- Shamolning oʻrtacha tezligi — 3,2 m/s
Manbalar
tahrir- ↑ Город Павлодар (Wayback Machine saytida 2015-04-16 sanasida arxivlangan) Департамент статистики Павлодарской области
- ↑ „Pavlodar viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-dekabr.
- ↑ „Qozogʻistonning pochta indekslari“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-dekabr.
- ↑ Demografia_2012, 2012-03-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-07
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Klimat Pavlodara (Wayback Machine saytida 2008-12-12 sanasida arxivlangan) na infomarket.kz
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |