Paxtakor — Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi shahar (1974-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi Jizzaxdan 28 km. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 19,4 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgiz, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Janubiy Mirzachoʻl kanalidan suv oladi. Paxtakorda tuman hokimiyati binosi, paxta tozalash zavodi, maʼmuriy muassasalar va qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qoʻshma korxona va xusu-siy firmalar, bozor, umumiy taʼlim maktablari, internat maktab, litsey, kasb-hunar kolleji bor. Ulugʻbek nomidagi madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kutubxona, bolalar sport majmuasi, markaziy stadion, bolalar sport maktabi, boks va kurash maktabi, yopiq suzish havzasi ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, poliklinika, bolalar poliklinikasi aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]

Paxtakor
shahar
40°18′55″N 67°57′16″E / 40.31528°N 67.95444°E / 40.31528; 67.95444
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Paxtakor tumani
Aholisi
15 360
Vaqt mintaqasi UTC+5
Paxtakor xaritada

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil