Paygʻambar oroli
Paygʻambar oroli – Amudaryo daryosi boʻyida joyashgan hamda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlarini bir-biridan ajratib turuvchi orol. Orolda Buxoro bugʻularini asrash maqsadida qoʻriqxona tashkil etilgan[1][2]. Qoʻriqxona maydoni 3,1 gektarni tashkil etadi. Bu yerda oʻsimliklarning 150 turi, sutemizuvchilarning 21 turi, qushlarning 143 turi, sudralib yuruvchilarning 25 turi va baliqlarning 35 turi mavjud.
Afgʻoniston hududiga yaqin joylashganligi uchun orol harbiy zona hisoblanadi. Orolda Qur’onda zikr etilgan paygʻambarga atab qurilgan Zulkifl maqbarasi mavjud. Rivoyatlarga koʻra, paygʻambar oʻzining jasadini qayiqda daryodan oqizib yuborishini va qayiq toʻxtagan joyga dafn etishi kerakligini vasiyat qilgan[3]. Qayiq Termiz shahri yaqinida toʻxtagan va u shu yerda dafn etilgan. Uning maqbarasi esa XI asrda qurilganligi taxmin qilinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Old Termez & Mausoleum of Al Hakkim At-Termizi“. Caravanistan.
- ↑ „Географическая энциклопедия: Арал-Пайгамбар“. Географическая энциклопедия.
- ↑ „Узбекско-афганская граница: Странный случай на заставе“. Fergana News.