Paykon

kamon oʻqining uchi, oʻq uchidagi metall bashoq. P. mezolit

Paykon — 1) kamon oʻqining uchi, oʻq uchidagi metall bashoq. P. mezolit, neolit va jez davrlarida chaqmoq toshdan, baʼzan, hayvon suyaklaridan yasalgan. Jezdan yasalgan P. temir davrining dastlabki davrlarida keng tarqalgan. Temirdan yasalgan P. miloddan avval qurollanishga kirib kelgan. P. aksar hollarda zoʻgʻatali qilib yasalgan va uni sanchilgan badandan sugʻurib olish amri mahol boʻlgan;2) nayzaga qadaladigan uch;3) tikon;4) mumtoz adabiyotda P. majozan kiprik maʼnosini ham ifodalagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil