Amilenlar
(Pentenlardan yoʻnaltirildi)
Amilenlar, pentenlar – oltita izomeri boʻlgan olefinlar qatorining toʻyinmagan uglevodorodlari. Oddiy sharoitda ularning hammasi suyuqlikdir. Amilenlar alyuminiy xlorid taʼsirida polimerlanadi. Sulfit angidrid (SO2) ishtirokida rezinasimon holga keladi. Amilen polimerlari texnikada koʻp ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |