Penza viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1939-yil 4-fevralda tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining janubi-sharqida joylashgan. Volgaboʻyi federal okrugiga kiradi. Maydoni 43,2 ming km². Aholisi 1453,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, mordva, tatar, chuvash va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64,4%. Penza viloyatida 28 maʼmuriy tuman, 11 shahar, 16 shaharcha bor. Markazi – Penza shahri Boshka yi-rik shaharlari – Kuznetsk, Serdobsk.

Rossiya Federatsiyasi subyekti
Пензенская область
Penza viloyati
Penza viloyati bayrogʻi Penza viloyati gerbi
Administrativ markaz Penza
Maydon 43 352 km² (56-chi)
- suv qismi 0,3%
Aholi 1 368,9 ming kishi (33-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 32 kishi / km²
YaIM 158,2 mlrd rub. (53-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 104,9 ming rub.
Federal okrug Privoljskiy
Iqtisodiy tuman Privoljskiy
Gubernator Vasiliy Bochkaryov
RF subyekti kodi 58
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)

Viloyat hududining katta qismini Volgaboʻyi qirlari (eng baland joyi 331 m) egallaydi. Chekka gʻarbiy qismi Oka – Don tekisligida (balandligi 150–180 m) joylashgan. Ikdimi moʻʼtadil kon-tinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –12°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 600 mm. Vegetatsiya davri 126–132 kun. Yirik da-ryolari – Sura, Moksha, Xopyor, Vorona. Penza viloyatining katta qismi oʻrmon dasht va qisman keng bargli oʻrmonlar zona-sida (sharqda) joylashgan. 65%dan or-tiq hududi krratuprokli. Hududining 23% oʻrmon. Tulki, suvsar, quyon, boʻrsiq, koʻrsichqon, qora sassiqkoʻzan, yumronqoziq, kiyik, vixuxol, los, oq sichqon, latcha yashaydi. Viloyat hudu-dida Volgaboʻyi oʻrmon-dasht qoʻriqxo-nasi tashkil etilgan.

Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik (kimyo uskunalari, quvur oʻtkazish sanoat apparaturam, toʻqimachilik mashinalari, kompressorlar, dizel va dizelli generatorlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, hisoblash texnikasi vositalari, velosipedlar ishlab chiqarish), yengil (poyabzal, toʻqimachilik), oziq-ovqat, kimyo-farmatsev-tika. Yuqori sifatli idish-tovoqlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Penza, Kuznetsk, Serdobsk, Kamenka, Nijniy Lomov.

Viloyat qishloq xoʻjaligi donchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, sabzavot, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Avtoyoʻllar zichligi 133 km/ming km² (1997). 5 oliy oʻquv yurti, 8 muzey, 2 teatr, botanika bogʻi, 7 sanatoriy, 56 dam olish uyi, Axunya kurorti mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil