Peperoni
Peperoni[1] (inglizcha: pepperoni, italyancha: peperoni — italyan-amerika salyamisining achchiq turi[2], shuningdek, amerikancha pitsa nomi. Asosan choʻchqa goʻshtidan tayyorlanadi, shu bilan birga tovuq, mol va boshqa goʻsht turlari bilan tayyorlangan amerikancha variantlari ham bor. Peperoni quritilgan kolbasa boʻlib, achchiqligi jihatidan janubiy Italiya salyamisiga, xususan „Salsiccia Napoletana piccante“ga, Neapolning achchiq kolbasasi[3] yoki Kalabriya Sopressatasiga oʻxshaydi[4][5]. Ularning asosiy farq shundaki, pepperoni asosini tashkil qiluvchi massa mayinroq boʻladi (Milanning ziravorsiz salyamisi kabi) va odatda sunʼiy qobiqdan foydalangan holda tayyorlanadi.
Peperoni (peperoni) soʻzi italyancha peperone soʻzining koʻplikda aytilishi boʻlib, qalampir degan maʼnoni anglatadi, italyan-amerika oshxonasida esa achchiq kolbasa maʼnosini beradi. Italiyada pepperoning amerikancha turiga buyurtma berish uchun salame piccante yoki salamino piccante (Kalabriyada keng tarqalgan achchiq salyami) olib kelishlarini soʻrashingiz kerak. Peperoni qoʻshilgan pitsaning italyancha nomi — pizza alla diavola (achchiq kolbasa bilan) tarzida aytiladi.
Shu bilan birga, pepperoni kontinental Yevropada qalampirning turli navlari, jumladan qizil va mayda achchiq, koʻp hollarda tuzlangan qalampir, Italiyada „paprika, achchiq qizil qalampir“ (italyancha: peperoncino) yoki „shirin nordon qalampir“ (italyancha: peperone piccante) ni anglatadi. AQShda esa ular pepperoncini yoki banan qalampirlari deb ataladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Nauchno-informatsionniy „Orfograficheskiy akademicheskiy resurs AKADYeMOS“ Instituta russkogo yazika im. V. V. Vinogradova RAN // GRAMOTA.RU — spravochno-informatsionniy internet-portal „Russkiy yazik“
- ↑ Kulinarnaya ensiklopediya. Tom 27. M., 2016
- ↑ Moskin, Julia. „Pepperoni: On Top“. The New York Times (2011-yil 1-fevral). 2013-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
- ↑ „Salumi tipici italiani: Salsiccia - Salsiccia Napoletano - Salsiccia Siena - Salsiccia Toscana“. www.agraria.org. 2020-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
- ↑ „Soppressata calabrese“. www.ricettedicalabria.it. 2012-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.