Xrizolit
Xrizolit, peridot (yun. chrysos — oltin va lithos — tosh) — mineral, oliviyusht shaffof, oltin tusli, yashil rangli nafis turi. Tarkibidagi rangiga taʼsir qiluvchi FeO 8— 15% dan kam emas. X. prizma shaklidagi kristallar hosil qiladi. Murt. Kislotalarda yaxshi eriydi. Oson sayqallanadi. Kam uchraydi, asosan, kimberlitlar, ishqorli olivinli bazaltlar, serpentinlangan peridotitlar, ultraasosli ishqorli jinslarda hamda sochmalarda uchraydi. Kizil dengizdagi Zeberged o.da eng mashhur yirik kristallari topilgan. X. AQSH, Myanma, JAR, Rossiya Federatsiyasi (Saxa)da ham mavjud. Kddimda zargarlik ishlarida X. nomi boshqa yashil rangli qimmatbaho toshlar: demantoid (granatning turi), oltinyashil rangli topaz, xrizoberill, vezuvianlarga ham qoʻllangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |