Perikardit
Perikardit — perdikardning yalligʻlanishi. Odamda (hamma yoshdagi kishilarda) oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir P. koʻpincha revmatizm, shuningdek, oʻpkaning krupoz yalligʻlanishi, gripp, angina, sepsis kabi yuqumli kasalliklar tufayli roʻy beradi (infeksion P.). Miokard infarqti, uremiya, koʻkrak jarohatlanganda ham P. paydo boʻlishi mumkin (noinfeksion P.). Surunkali P. sil kasalligi oqibatida kelib chiqadi, koʻpincha plevra va qorin pardasining bir vaqtda yalliglanishi bilan oʻtadi. Yurak xaltasida suyuklik bor-yoʻqligiga qarab P.ning quruq, ekssudatli va yopishqoq (obliterativ) shakllari farqqilinadi. Quruq P.da perikardda ishqalanishga oʻxshash tovush eshitiladi. Gavda temperaturasi bir oz koʻtarilib, yurakdagi ogʻriq uning atrofiga va orqaga tarqaladi. Bemor yoʻtalganda, nafas olganda ogʻriqzoʻrayadi. Ekssudativ P. serozli, yiringli, gemorragik boʻlishi mumkin. Bunda bemor oʻng qovurgʻasi ostida kuchli og-riq sezadi, nafasi qisilib, entikadi, jigari shishadi. Koʻpincha bemorning yuzi kerkib, boʻyin tomirlari kengayadi. Yopishqoq P.da, aksariyat, peri-karddagi suyuklik soʻrilgach, perikardning ichki va tashqi varaqlari bir-biriga yopishib qoladi. Bunda yurak orqali qon aylanishi buziladi.
Davosi: P.ga sabab boʻlgan asosiy kasallikka qarshi dorilar beriladi. Yiringli, ekssudatli P.da antibiotiklar buyuriladi. Perikardsa suyuklik koʻp boʻlsa, igna sanchib tortib olinadi. Yopishqoq P. operatsiya qilib davolanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |