Perilla
Perilla (Perilla) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; moyli va manzarali ekin. Jan., Sharqiy va Jan,Sharqiy Osiyoda 5 turi mavjud. Butasimon sudzu P. (P.frutescens) va uning nankin xili (Perilla var. nankinensis) Sharqiy Osiyoda oʻstiriladi. P.ning moyli, efirmoyli va sabzavot turi Xi-toy va Yaponiyada, manzarali (barglari toʻq qizil va rang-barang) turi Uzoq Sharqda, Gʻarbiy Yevropada, AQShda yetishtiriladi. Butasimon P. namsevar va issiqsevar oʻsimlik. Vegetatsiya davri 100—150 kun, oʻzidan va chetdan changlanadi. P. urugʻida 46— 53% tez quriydigan texnika moyi (alif, lok va turli boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi) olinadi (ovqatga ham ishlatish mumkin). Koʻk poyasi va kunjarasi mollar uchun yaxshi ozuqa. P. keng qatorlab (qator orasi 60 sm) 3—4 sm chuqurlikka ekiladi. Ekish normasi 5–8 kg/ga.
Gektaridan 8—15 s urugʻ hosili olinadi. Zararkunandalari: simqurtlar, kuzgi tunlam, oʻtloq parvonasi, oʻsimlik biti; eng xavfli kasalligi — gʻovlash.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |