Perm (1940—57 yillarda — Molotov) — Rossiya Federatsiyasi Perm viloyatidagi shahar (1781 yildan), viloyat markazi. Kama soxilidagi port. Transport yoʻllari (temir yoʻl, daryo, avtomobil va havo transporti) tuguni. Aholisi 1021,7 ming kishi (1998). Mashinasozlik (aviadvigatellar, turli sanoat uskunalari, avto-kranlar va boshqa, mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarish), kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoatlari bor. Kama GES mavjud. Rossiya FAning Perm ilmiy markazi, 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), xoreografiya bilim yurti, ba-diiy galereya, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Kama suv ombori sohilidagi Xoxlovka yogʻoch meʼmorligi muzeyi fa-oliyat koʻrsatadi. P. 17-asr danmaʼlum. 1723 yildan mis eritish zavodiga qarashli sha-harcha. 1781 yildan Perm noibligi markazi, 1796 yildan Perm gubernyasi markazi. 1781—98 va 1807—31 yillarda bu yerda Ural konchilik zavodlarining Bosh boshqarmasi joylashgan. P.da meʼmoriy yodgorliklardan Petropavlovsk sobori (1757—64), Spas—Preobrajeniye monastirining sobori (1798— 1832) va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil