Perspektiva
Perspektiva (lot. perspicio — aniq koʻraman) — 1) mavjud borliqni inson idrok etganidek biror tekis yuza (qogʻoz, taxta, devor va boshqalar) da fazoviy holati va ularning boʻlaklarini kuzatish nuqtasidan uzokdashuvini tasvirlash tizimi. Realistik tasviriy sanʼatning asosini tashkil qiladi. Real jism (buyum)larning makondagi turli holat va koʻrinishining tuzilishi, hajmining oʻziga xos belgilarini toʻgʻri tasvirini yaratish imkonini chiziqli P. bersa, xavo (rang) P. jism (buyum)larning kuzatish nuqtasidan uzoklashib borishi natijasida rangi va chegaralarining oʻzgarishini toʻgʻri va ishonarli tasvirini ishlashga xizmat qiladi. Rassomlik sanʼatida kuzatish P.si ishlatiladi. Voqelikni asboblarsiz ko`z qanday ko`rsa, shunday qilib qoʻlda chizishga asoslanadi. Yana "teskari P." iborasi boʻlib, unda real borliqni notoʻgʻri tasvirlash, yaʼni uzokdagi buyumlarni katta qilib ishlash (P. qonunlariga eʼtibor bermay ishlash) maʼnosini anglatadi. Buni ikona sanʼatida koʻrish mumkin. Yuno-niston (Evklid risolasi, miloddan avvalgi 3-asr) va Qad. Rim (miloddan avvalgi 1-asr meʼmor va na-zariyotchilari) da P.ga oid qimmatli fiqolar bayon qilingan. Uygʻonish davridagina P. ilmiy asosda oʻrganila boshlandi. Paolo Uchchello, Leonardo da Vinchi, A. Dyurerlar P. rivojiga kata hissa qoʻshdilar; 2) odamning narsalarni koʻrib idrok etishiga mos ra-vishda ularni tekislikda tasvirlash usuli. Meʼmorlikda, qurilishda loyihalarni chizishda, narsalarning aksonometriyasinn yaratishda, quriladigan bino, inshoot yoki yasaladigan buyumni tabiiy holda tasvirlashda foydalaniladi. P. biror bir nuqtada tutashadigan chiziqdar (nurlar) yorda-mida hosil qilinadi; 3) chiziqdi P. — fazoviy shakllarni tekislikda markaziy proyeksiya yordamida tasvirlash usuli. Bunda fazodagi R nuqta (rasmga q.) tekislikda OR toʻgʻri chiziqning tekislik bilan kesishish nuqtasi boʻlgan R’nuktaga proyeksiyalanadi (O nuqta — P. markazi); 4) havo P.si narsa (buyum) muayyan masofadan kuzatilganda rangi oʻzgarishi va kiyofasidagi anikdik bu-zilishini ifodalaydi; 5) kelajak uchun tuziladigan reja.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |