MITCHELL (Mitchell) Piter (1920.29.9, Mitchem, Surrey grafligi, Buyuk Britaniya — 1992.10.4, Bodmin) — ingliz biokimyogari. Falsafa doktori (1950). Edinburg universitetining zoologiya kafedrasi biokimyo guruhi (1955—63), 1964-yildan Kornu-elledagi Glinnovsk ilmiy tadqiqot laboratoriya rahbari. Hujayradagi bioenergetik jarayonlarni tadqiq qilgan. Xemiosmotik nazariya (biologik membranada ATF sintezida energiyaning oʻzgarish mexanizmi)ni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1978).[1][2]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari