Peter Zauner
Peter Zauner (1983-yil 30-mayda tugʻilgan) — avstriyalik nafaqadagi badmintonchi. U ASKÖ Traun klubidan[1] boʻlib, 13 marta milliy chempionatda gʻolib chiqqan[2][3].
Peter Zauner | |
---|---|
Fayl:At the Us Open International Badminton tounament (&, for me, the US Senior International) in Orange Countyy, Los Angeles July 9-11, 2009 - (28140905424).jpg Zauner 2009-yilda Qo'shma Shtatlar ochiq chempionatida | |
Shaxsiy maʼlumoti | |
Mamlakat | Avstriya |
Tavalludi |
30-may 1983-yil Ried im Innkreis, Innviertel, Yuqori Avstriya, Avstriya |
Yashash joyi | Diersbach, Innviertel, Yuqori Avstriya, Avstriya |
Boʻyi | 1.67 m |
Vazni | 66 kg |
Juftliklar | |
Eng yuqori reyting | 22 (MD Jürgen Koch bilan) |
Zauner 2001-yilda oʻsmirlar oʻrtasida mamlakat chempioni boʻldi. U 2003-yildan 2005-yilgacha yana beshta oʻsmirlar turnirlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2005-yilda u birinchi marta kattalar toifasidagi gʻalabasiga sazovor boʻldi va Vengriya xalqaro hamda Slovakiya xalqaro musobaqalarida gʻolib chiqdi. 2006-yilda Avstriya xalqaro, 2009-yilda Sloveniya va 2010-yilda Ruminiya xalqaro musobaqalarida gʻolib chiqdi. 2009-yil iyul oyida Peter Zauner Badminton boʻyicha AQSh Grand Prisida ishtirok etdi va Jurgen Koch bilan erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ikkinchi oʻrinni egalladi. Zauner xalqaro faoliyatini 2014-yilda yakunlagan. 2018-yildan buyon Yuqori Avstriya badminton assotsiatsiyasining sport koordinatori boʻlib ishlaydi. Bundan tashqari, u Avstriyaning Steyr shahrida marketing tadqiqotlari boʻyicha ham tahsil oldi. U va uning sherigi Jurgen Koch qariyb 25 yil davomida Avstriya badmintonida ustunlikni qoʻldan boy bermadi. Ular Avstriyaning eng kuchli hamkor juftliklaridan biri boʻlib, muvaffaqiyatlarining eng yuqori choʻqqilarida jahon reytingida 22-oʻrinni egalladilar. Zauner Avstriya milliy chempionatlarida oʻn uch marta, yakkalik bahslarida ikki marta, erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oʻn bir marta (Harald Koch va Jurgen Koch bilan) gʻolib chiqdi[4].
Yutuqlari
tahrirBWF Grand Prisi
tahrirBWF Grand Prisi Grand Pri va Grand Pri Oltin kabi ikki darajaga ega. Bu 2007-yildan beri Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 hamda 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi.
Erkaklar juftliklari
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2009 | Qoʻshma Shtatlar ochiq turniri | Jurgen Koch | Govard Bax Toni Gunavan |
12–21, 9–21 | Ikkinchi oʻrin |
BWF/IBF xalqaro turnirlari
tahrirErkaklar juftliklari
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2011 | Belgiya xalqaro turniri | Jurgen Koch | Adam Kvalina Mixal Logosz |
11–21, 15–21 | Ikkinchi oʻrin |
2011 | Maldiv orollari xalqaro turniri | Jurgen Koch | Eshton Chen Yong Chjao Derek Vong |
19–21, 17–21 | Ikkinchi oʻrin |
2011 | Sloveniya xalqaro turniri | Jurgen Koch | Lukas Moren Voytsex Shkudlarchik |
13–21, 14–21 | Ikkinchi oʻrin |
2010 | Banuinvest xalqaro turniri | Jurgen Koch | Chayut Triyachart Danny Bawa Chrisnanta |
21–16, 21–15 | Gʻolib |
2009 | Sloveniya xalqaro turniri | Jurgen Koch | Daniel Grasmuk Roman Zirnvald |
21–18, 21–14 | Gʻolib |
2008 | Sloveniya xalqaro turniri | Michael Lahnshtayner | Ondjej Kopřiva | 21–17, 21–12 | Gʻolib |
2008 | Uels xalqaro turniri | Jurgen Koch | Endryu Bowman Martin Lyuis |
21–14, 15–21, 13–21 | Ikkinchi oʻrin |
2006 | Avstriya xalqaro turniri | Jurgen Koch | Ingo Kindervater Tim Dettmann |
21–18, 21–13 | Gʻolib |
2005 | Islandiya xalqaro turniri | Jurgen Koch | Anders Kristiansen Saymon Mollyhus |
13–15, 6–15 | Ikkinchi oʻrin |
2005 | Vengriya xalqaro turniri | Jurgen Koch | Mixail Popov Svetoslav Stoyanov |
15–5, 15–9 | Gʻolib |
2005 | Slovakiya xalqaro turniri | Jurgen Koch | Lukas Moren Wojciech Szkudlarczyk |
15–10, 15–3 | Gʻolib |
2004 | Xorvatiya xalqaro turniri | Harald Koch | Daniel Glaser Dennis von Dahn |
5–15, 10–15 | Ikkinchi oʻrin |
Aralash juftliklar
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2009 | Sloveniya xalqaro turniri | Simone Prutsch | Martin Krag Luiza Xansen |
21–23, 21–17, 21–17 | Gʻolib |
- BWF xalqaro musobaqasi turnirlari
- BWF/IBF xalqaro seriyasi turnirlari
Manbalar
tahrir- ↑ „Peter Zauner“ (olmoncha). ASKÖ Traun Badminton Club. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Profile : Peter ZAUNER“. bwfbadminton.com. BWF. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Zauner Peter“ (olmoncha). Badminton Österreich. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
- ↑ von Streif. „Peter Zauner: Olympia 2016 noch im Hinterkopf“ (olmoncha). nachrichten.at (22-fevral 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.