Petrokimyo
Petrokimyo — petrografiya {petrologiya) sohasiga oid fan, magmatik togʻ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallarda kimyoviy elementlarning taqsimlanishini oʻrganadi. "Petrokimyo" tushunchasini rus olimi A. N. Zavaritskiy taklif etkan (1944). Petrokimyo mustaqil fan sifatida petrografiya va kimyo fanlari chegarasida vujudga keldi. Togʻ jinslari tabiiy kompleksining kimyoviy oʻziga xos xususiyatlarini qiyoslash yoʻli bilan ularning turli-tumanligi sabablari aniqlanadi, kimyoviy tasnifi tuziladi. Petrokimyo tadqiqotlari natijalaridan magmatik va kristallizatsion differensiatsiya hodisalarini, assimilyasiya jarayonlarining magmatik kompleksdagi jinslar mutanosibligiga taʼsirini, ruda hosil boʻlishi bilan magmatizmning bogʻliqligini oʻrganishda foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |