Petronas – Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida joylashgan transmilliy neft va gaz kompaniyasi[1]. Kompaniya Malayziya davlatining 1965-yilda qabul qilingan „Kompaniyalar toʻgʻrisida“gi qonuniga muvofiq 1974-yil tashkil etilgan. Kompaniya 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi va Malayziyadagi barcha neft va gaz resurslariga egalik qiladi. Petronas kompaniyasi 2022-yilda eng yirik global kompaniyalar reytingi yaʼni „Fortune Global 500“ yillik roʻyxatida 216-oʻrinni egallagan. Shuningdek, u 2020-yilda „Bentley Infrastructure 500“ reytingida dunyo boʻyicha 48-oʻrinni egallagan[2].

Petronas (Petroliam Nasional Berhad)
Turi neft kompaniyasi
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 1974-yil 17-avgust
Asoschi(lar)i
  • Malayziya hukumati
  • Abdul Rahman Yaʼkub
  • Abdul Taib Mahmud
  • Tengku Razaleigh Hamzah
Ishchilar soni 47,669 (2020)
Vebsayti petronas.com

Kompaniya neft va gazni qazib olish va ishlab chiqarishdan boshlab, neftni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotish va tarqatish, gazni qayta ishlash va suyultirish, gaz quvuri tarmogʻini boshqarish, suyultirilgan tabiiy gazni sotish, neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish, kemasozlik, avtomobil muhandisligi kabi keng koʻlamli neft-gaz xizmatlari faoliyatlari bilan shugʻullanadi. Kompaniya Malayziya hukumati uchun katta daromad manbayi boʻlib, 2015-2020 yillarda davlat byudjetining daromadlarining 15 foizidan koʻprogʻini tashkil qilgan[3].

Tarixi

tahrir
 
Kompaniya qarorgohi
 
Sabah shahridagi qarorgoh

1910-yilda Miri shahrida birinchi neft qudugʻi qazilgan. Bu neft qudugʻi keyinchalik „Big old women“ nomi bilan tanilgan. 1929-yilda esa Bruneyda neft topilgan. 1966-yilda qabul qilingan „Neft qazib olish toʻgʻrisida“gi qonun „Exxon“ va „Shell“ kompaniyalariga neft hududlarini oʻrganish huquqini bergan. 1960-yilning oxirida „Esso“ va „Continental Oil“ kompaniyalariga Malayziya yarimorolining sharqiy sohillaridan neft qidirish imtiyozlari berilgan. 1974-yilga kelib Malayziya xom neft ishlab chiqarish hajmi kuniga taxminan 90,000 barrel (14,000 m³) dan 99,000 barrelgacha (15,700 m³) yetgan.

Sudandagi urush boʻyicha ayblovlar

tahrir

2010-yil iyun oyida Yevropa Sudandagi neft boʻyicha koalitsiyasi (ECOS) „Toʻlanmagan qarz“ nomli hisobotini nashr etdi. Bunda Shvetsiya, Avstriya va Malayziya hukumatlariga Petronas, Fida Aziz, Lundin Petroleum va OMV kompaniyalari 1997–2003 yillarda Janubiy Sudan (oʻsha vaqtda Sudan)ning 5A blokida faoliyat olib borgan paytda urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilishida ishtirok etganliklari toʻgʻrisidagi ayblovlarni koʻrib chiqish talab qilingan[4]. Hisobotda keltirilgan jinoyatlar orasida tinch aholi vakillariga qarshi hujumlar, boshpanalarni yoqib yuborish, mol-mulkini talon-toroj qilish, tinch aholini oʻldirish, bolalarni oʻgʻirlash, qiynoqqa solish va majburiy mehnatga jalb etish kabi holatlari qayd etilgan. Kompaniya ishtirok etgan konsorsium 5A blokida faoliyat olib borgan paytda taxminan 12,000 nafar aholi halok boʻlgan va 160,000 kishi zoʻravonlik bilan oʻz yerlari va uylaridan quvilgan, shuningdek, koʻplari majburiy ravishda koʻchirilgan. 1994 va 2003-yillarda olingan sunʼiy yoʻldosh suratlari Petronasning Sudandagi faoliyati davomida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning hududi keskin kamayishi bilan mos kelganini koʻrsatadi[5].

2010-yil iyun oyida Shvetsiya xalqaro jinoyatlar boʻyicha davlat prokurori jinoyat ishi ochdi. 2016-yilda Lundin Petroleum raisi Ian Lundin va bosh direktori Aleks Shnayter tergovda gumondor ekanliklari haqida xabardor qilindi. Shvetsiya hukumati 2018-yil oktyabr oyida davlat prokuroriga ikkita yuqori darajali rahbarlarni jinoyatda ayblashga ruxsat berdi. 2018-yil 1-noyabrda Shvetsiya prokuratura boshqarmasi Lundin Petroleum AB kompaniyasiga insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun 3,285 million SEK (taxminan 315 million yevro) miqdorida jarimaga tortilishini maʼlum qildi.

2019-yil 23-may kuni Gaagadagi Xalqaro Huquq boʻyicha Asser instituti tomonidan „Korxonalarning inson huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi: Shvetsiyadagi Lundin ishi“ konferensiyasini oʻtkazdi.

Manbalar

tahrir
  1. Petronas celebrates a milestone The Sun Daily (6 August 2019). Retrieved on 2 June 2020.
  2. „Bentley Infrastructure 500 Top Owners“. Bentley. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  3. „Rating report: Petroliam Nasional Berhad (PETRONAS)“ (2020-yil 11-dekabr).
  4. Lau, Leslie. „Ex-Sarawak CM says Kelantan has no right to oil royalty“. The Malaysian Insider (2010-yil 14-mart). 2010-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-aprel.
  5. „Bid to nullify the oil royalty deal“. Daily Express (2012-yil 26-sentyabr). 2012-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-may.