Piaui — Braziliyaning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 252,3 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Terezina shahri P. Braziliya yassitogʻligining shim. yon bagʻirlarida joylashgan. Relyefining aksari qismi qumli plato boʻlib, balandligi 200– 500 m. Iqlimi tropik, qurgʻoqchil iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yillik yogʻin 400 mm, shimolida 1500 mm gacha. Iqtisodiyotining yetakchi tarmoklari — oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligi Soxdl qismi va Parnaiba daryosi vodiylarida mak-kajoʻxori, dukkaklilar, paxta, sholi, maniok, shakarqamish, tamaki ekiladi. Chorvachilikda choʻchqa, echki, qoʻy bo-qiladi. Shtat palma moyi ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat, koʻn-teri, paxta tozalash korxonalari mavjud. Dengiz suvidan tuz, gips olinadi. Mineral buloklar bor.[1]

Piaui
portugalcha: Piauí

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Terezina
Aholi (2010) 3 118 360 kishi
Zichligi 12,40 kishi./km²
Maydoni 251 576,6 km² (11-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-PI
Rasmiy sayti http://www.pi.gov.br
Xaritada
Piaui xaritada
Piaui, Xarita
8°14′0″S 43°6′0″W / 8.23333°S 43.10000°W / -8.23333; -43.10000

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil