Pichoq charxlagich
Pichoq charxlagich (shuningdek, soʻzlashuv tilida pichoqlar uchun charxlagich) — pichoqlarni charxlash uchun qurilma.
Taʼsir qilish prinsipiga koʻra, metall va abraziv pichoq charxlagichlarga boʻlinadi. Metall pichoq charxlagich metall charxlash disklari bilan jihozlangan. Metall pichoq charxlagich bilan ishlaganda, pichoq tigʻ tomoni bilan pichoq charxlagichning disklariga kuch bilan bosiladi va bir necha marta oʻziga tortiladi. Natijada, metall tigʻning har ikki tomonidan bir tekisda disklarning chekkalari bilan kesiladi. Abraziv pichoq charxlagichning konstruksiyasida xarakatsiz va prujinasimon abraziv qayroqtosh boʻlib, ular bilan oʻtkirlash oldinga va orqaga tez harakatlar bilan amalga oshiriladi. Uyda ishlatiladigan pichoq charxlagichlar, professionallar singari, xarakatsiz, yaʼni pichoqni ikkala qoʻl bilan boshqarish mumkin boʻlishi uchun stolga biriktirilgan ham boʻladi. Bundan tashqari, pichoqni oddiy abraziv qayroqtosh yoki musat — nozik tishli poʻlat konus tayoq bilan ham oʻtkirlash mumkin[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ножеточки“, Краткая энциклопедия домашнего хозяйства — 367-bet.
Adabiyotlar
tahrir- „Ножеточки“, Краткая энциклопедия домашнего хозяйства — 367-bet.
- Nojetochka // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1959. — T. VI. — Stb. 171—172
- Nojetochka // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 200. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.