Piktogrammalar
Piktogrammalar (象形字 [xiàngxíngzì])[1] tasviriy rasmlar bilan yaratilgan iyerogliflar hisoblanadi. Hozirgi kunda ular iyerogliflarning unchalik katta bo‘lmagan qismini tashkil qiladi. Undagi muhim jihati shundaki, hodisa, o‘simlik yoki odam aniq holicha tasvirlanadi, ortiqcha detallarga to‘xtalib o‘tilmaydi.
Qadimgi „tog‘“ 山 piktogrammasi, masalan, tog‘ning umumiy ko‘rinishini, uchta narsalar bilan shartli ravishda tasvirlagan. „Daraxt“ 木 piktogrammasi shoxlar, daraxtning tanasi va ildizning ko‘rinishida tasvirlangan. „Odam“ 人 iyeroglifi odamning yon tomonlama turgandagi sxematiklashgan tasvirida namoyon bo‘ladi. „Olov“ 火 iyeroglifining ilk ko‘rinishi „tog‘“ piktogrammasiga o‘xshash bo‘lib, ulardan birida tog‘ning cho‘qqilari ikkinchisida olov uchqunlari tasvirlangan. „Daryo“ 河流 piktogrammasi tizilib oqayotgan suvni tasvirlagan. Qo‘l tasviri shartli bo‘lib, u barmoqalarning sonini tasvirlamagan.
Alohida iyerogliflar guruhi paydo bo‘ldi. Ular ko‘rsatuvchi yoki belgi iyerogliflari deb nomlanib, unda geometrik tuzilish yordamida u yoki bu tushunchalar beriladi. „Past“ 下 va „tepa“ 上 iyerogliflari predmetning gorizont chizig‘idan tepa yoki pastdagi o‘rnini ifodalaydi. „Oraliq“ 间 iyeroglifi kamonning o‘rtasidagi o‘q bilan birgalikdagi tasviriga asoslangan hisoblanadi.
Shu tariqa Xitoyda predmet shakli ifodasiga asoslangan yozuvning sodda sistemasi shakllandi. Umumiy hisobda alohida belgilar ajralib chiqdi va ikki yuzga yaqin piktogramma iyerogliflari muomalada qoldi.
Yana qara
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
Adabiyotlar
tahrir胡朴安著. 文字学常识. – 北京,; “中华书局”, 2010. 62 页.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Молоткова, Ю. В. „Методика обучения китайскому иероглифическому письму“ (2017). 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2022-yil.