Pinocchio (film, 2022)
Pinocchio (talaffuzi: Pinokkio) — rejissyor Robert Zemeckis tomonidan yozilgan va uning ssenariysi asosida Chris Weitz bilan hamkorlikda suratga olingan Amerikaning musiqiy fentezi filmi. Film 1883-yilda Carlo Collodi tomonidan yozilgan italyancha „Pinocchioning sarguzashtlari. Yogʻoch qoʻgʻirchoq hikoyasi“ kitobiga asoslangan 1940-yildagi ayni nomli multfilmning film versiyasidir. Filmda Tom Hanks, Sintiya Erivo, Luke Evans, Benjamin Evan, Joseph Gordon-Levitt, Keegan-Michael Key va Lorraine Bracco rol ijro etgan.
Pinocchio | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Robert Zemeckis |
Prodyuser(lar) | Chris Weitz, Endrew Milano |
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda |
Tom Hanks Benjamin Evan Ainsworth Joseph Gordon-Levitt Lorraine Bracco Keegan-Michael |
Bastakor(lar) | Alan Silvestri |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Disney+ |
Chiqarilgan sanasi | 2022-yil |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Film premyerasi 2022-yil 8-sentabrda Disney+[1] telekanalida efirga uzatilgan.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Tom Hanks | Geppetto |
Benjamin Evan Ainsworth | Pinocchio |
Cynthia Erivo | Moviy Farishta |
Luke Evans | Kucher |
Joseph Gordon-Levitt | Jiminy Cricket |
Keegan Michael Kay | J. Worthington Fowl Fellow |
Lorraine Bracco | Sophie |
Ishlab chiqaruvchi
tahrir2015-yilning 8-aprelida „Walt Disney Pictures“ kompaniyasi 1940-yilgi „Pinocchio“ multfilmining moslashuvini ishlab chiqayotgani maʼlum boʻldi[2]. Piter Hedges film uchun ssenariy yozishni boshlagani xabar beriladi[2]. 2017-yilning 22-mayida Hedgening oʻrnini ham yozuvchi ham prodyuser sifatida Chris Weitz egallashi eʼlon qilinadi, Sam Mendes esa loyihani boshqarish boʻyicha muzokaralar olib boradi[3]. 2017-yil 13-noyabrda Mendes rejjisyor lavozimini tark etadi[4].
2018-yilning 20-fevralida filmga rejissyorlik qilish uchun Pol King biriktirilgani, Endrew Milano esa Weitz bilan birgalikda filmga prodyuserlik qilishini maʼlum qiladi[5]. Weitz stsenariysini Jack Tornqayta yozayotgani eʼlon qilingan boʻlsa-da, 2018-yil 21-avgustda[5] Weitz ssenariy ustida hali ham ishlayotganini va 2019-yil davomida Angliya va Italiyada suratga olish yoʻlga qoʻyilganligini oshkor qiladi[6]. Biroq, 2019-yilning 13-yanvarida King „oilaviy sabablar“ tufayli filmni tark etgani maʼlum boʻladi va Disney loyiha uchun yangi rejissyor qidirayotganliklarini eʼlon qiladi[7].
2019-yil 18-oktabrda Robert Zemeckis film rejissyori boʻlish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani maʼlum boʻladi va film ssenariysining yakuniy loyihasi Weitz, King va Farnabi tomonidan yoziladi[8]. 2020-yil 24-yanvarda Zemeckis filmga rejissyorlik qilishi va Weitz bilan yangi ssenariy yozishi tasdiqlanadi[9]. Shuningdek, Jack[10] va Jacky Levin yordamchi prodyuser sifatida faoliyat yuritishi haqida ham xabarlar tarqaydi.
Suratga olish ishlari
tahrirAsosiy suratga olish ishlari 2021-yil 17-martda Angliyaning „Cardington Film Studios“ kompaniyasida „Mahogany“[11] nomi ostida boshlanadi va aprel oyida[12] tugatiladi.
Musiqasi
tahrirZemeckisning doimiy hamkori Alan Silvestri filmning musiqasini yozgan[13]. Silvestri va Glen Ballard loyiha uchun yangi qoʻshiqlar yozdilar, ular asl multfilmdagi qoʻshiqlarni ham oʻz ichiga oladi[13].
Manbalar
tahrir- ↑ Spangler, Todd „'Pinocchio' Live-Action Remake Premiere Date Set on Disney+“. Variety (31-may 2022-yil). 2-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Fleming, Mike Jr. „'Pinocchio'-Inspired Live-Action Pic in the Works at Disney“. Deadline (8-aprel 2015-yil). 3-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2019-yil.
- ↑ Busch, Anita „Sam Mendes in Early Talks To Direct Disney's Live-Action 'Pinocchio'“. Deadline (22-may 2017-yil). 19-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2019-yil.
- ↑ Galuppo, Mia „Sam Mendes Exits Disney's Live-Action 'Pinocchio'“. Hollywood Reporter (13-noyabr 2017-yil). 23-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2019-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Kit, Borys „Disney's Live-Action 'Pinocchio' Enlists 'Paddington' Director“. Hollywood Reporter (20-fevral 2018-yil). 24-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2019-yil.
- ↑ Medina, Joseph Jammer „Disney's Live-Action Pinocchio Writer Chris Weitz Says They're Still Developing The Script (Exclusive)“. LRM Online (21-avgust 2018-yil). 22-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
- ↑ „Disney's Live-Action 'Pinocchio' Reportedly Loses 'Paddington' Director“. Comicbook (13-yanvar 2019-yil). 15-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Robert Zemeckis in Talks to Direct Live-Action ʻPinocchio’ for Disney (EXCLUSIVE)“. Variety (18-oktabr 2019-yil). 19-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Robert Zemeckis Closes Deal To Direct Disney’s Live-Action ʻPinocchio’ Remake“. The DisInsider (24-yanvar 2020-yil). 24-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Robert Zemeckis Closes Deal To Direct & Co-Write Disney’s Live-Action ʻPinocchio’“. Deadline Hollywood (24-yanvar 2020-yil). 24-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.
- ↑ Aquilina, Tyler „Pinocchio: Erivo, Gordon-Levitt & More Join Disney's Live-Action Film“. Entertainment Weekly (17-mart 2021-yil). — „After an unusually long and bumpy road to the screen, production is finally underway on Disney's live-action remake of the animated classic Pinocchio.“. 26-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2021-yil.
- ↑ Ainswoth, Benjamin Evan „Last day on the set of Pinocchio; it's been a dream come true.“. Instagram (22-aprel 2021-yil). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2022-yil.
- ↑ 13,0 13,1 „Exclusive: Alan Silvestri to Compose Disney+’s ʻPinocchio’ With Glen Ballard Writing New Songs“. The DisInsider (11-dekabr 2020-yil). 11-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2020-yil.