Pir Mardakon xonaqohi
Pir Mardakan xonaqohi (ozarbayjoncha: Pir Mərdəkan xanəgahı) – Ozarbayjon Respublikasining Shemaxa tumanidan 16 km janubi-sharqdagi Gʻoylar qishlogʻida joylashgan tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Majmua tarkibiga qabr, sulola binosi va kichik yordamchi binolar kiradi. Majmua XIII–XIV asrlarda qurilgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, bu oʻz davrining mashhur allomalaridan biri Said Mardakoniyning qabri hisoblanadi.
Tarixi
tahrirQabr toshidagi hamda devorda saqlanib qolgan bitiklarning bir qismini M. Neʼmatova oʻqib bergan[1].
Xonaqoh atrofida qadimiy qabriston, karvonsaroy majmuasi mavjud. Yodgorlikning old tomonidagi arab alifbosida kufiy elementlar bilan suls alifbosida bitilgan yozuvda shunday deyilgan: „Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Bu eng buyuk olim shayx imom, moʻmin Tair Toj Al-Huda Mardakoniy Ibn Alining qabri. Alloh rahmatiga olsin…“[1]
Qabr ustidagi ikkinchi yozuv asosida yodgorlik tarixiga oydinlik kiritish mumkin. Eshikdan kiraverishda chap tomondagi chap devorga yozilgan ikki qator bitikning kichik bir qismi saqlanib qolgan: „Eng buyuk podshoh, xoqon … Farruhzod ibn Fozilalmuvahhid Manuchihr…“[2] Muallif ushbu podshohni Shirvonshoh Manuchihr III ning oʻgʻli Shirvonshoh Farruhzod I deya izohlaydi. Shirvoshoh Farruhzod ham XIII asrda yashagan[3].
Arxitekturaviy xususiyatlari
tahrirMajmuaning bir qismi boʻlgan qabr deyarli oʻziga xos koʻrinishi bilan bugungi kungacha yetib kelgan. Ozarbayjon arxitekturasida bu turdagi maqbaralarga Naxichevandagi Alinjachay xonaqohidagi qabr va shu kabi boshqa qabrlarni misol qilib keltirish mumkin. Hajmi boʻyicha bu turdagi qabrlar ikki birikmaning kombinatsiyasidan iborat. Pastki qismi gumbaz va minorali, yuqori qismi faqat gumbazdan iborat[4].
Gumbazli maqbaralar ibodatxona tipidagi imoratlar boʻlganligi sababli, bunday joylarga odamlar tashrif buyurish mobaynida dafn etilganlarni ziyorat qilishadi, diniy marosimlar oʻtkazishadi. Shuning uchun bu turdagi maqbaralardan masjid sifatida ham foydalanilgan. Maqbaraning ichki qabr qismi tuzilishiga koʻra kvadrat shaklga ega. Tashqi devorlarining oʻlchami 4,6x5 m, ichki devorlari esa 2,6x2,6 m. Kvadrat qismining balandligi 3 m, piramidaning balandligi esa 4,7 m.
Bu yodgorlik oʻzining koʻpgina xususiyatlariga koʻra Ozarbayjonning minora va gumbazli qabrlar guruhiga kiradi. Strukturaviy va meʼmoriy xususiyatlariga koʻra Pir Mardakon xonaqohiga oʻxshash yodgorliklar boshqa turkiy mamlakatlarda ham tarqalgan. Masalan, Turkmanistonda bu qabrning meʼmoriy xususiyatlarini takrorlovchi bir qancha meʼmoriy yodgorliklar mavjud. Bunga Kunya-Urganchdagi Faxriddin Roziy va Shayx Sharif maqbaralarini ham misol qilib keltirish mumkin[5].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „PİR MƏRDƏKAN TÜRBƏSİ“ (az). shamakhi-encyclopedia.az. Qaraldi: 2018-yil 1-mart.„PİR MƏRDƏKAN TÜRBƏSİ“ (in Azerbaijani). shamakhi-encyclopedia.az. Retrieved 1 March 2018.
- ↑ M.Nemətova. „Azərbaycan pirləri“. Baku: 1992, p. 20.
- ↑ M.Nemətova. „Azərbaycan pirləri“. Baku: 1992, pp. 21–23
- ↑ K. M. Məmmədzadə – Azərbaycanda inşaat sənəti, Baku, Elm, 1978, pp. 50–51
- ↑ N. M. Bachinskiy – Arxitekturnie pamyatniki Turkmenii, vip 1, Ashkabad, 1939, p. 13