Pirargirit (yunoncha: pyr — olov va argyros — kumush) — kimyoviy tarkibi Ag3SbS3 dan iborat mineral; tarkibida 59,76% Ag; 22,48% Sb; 17,76% S mavjud. Trigonal singoniyada kristalla-nadi. Notoʻgʻri shakldagi donacha va ularning agregatlari, shuningdek, prizmali kristallik koʻrinishga ega. Rangi toʻq qizil, olmos kabi yaltiroq; moʻrt. Qat-tikligi 2,5; zichligi 5770–5860 kg/m3. P. kam tarqalgan mineral. Gidrotermal konlarda past yoki moʻʼtadil temperaturalarda vujudga keladi. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Zabaykalye, Uzok. Sharq), Oʻrta Osiyo, Chexiya, Meksika, Chili va Boliviyada P. konlari topilgan. P.dan kumush olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil