Piroksenlar
Piroksenlar (yun. rug — olov va xenos — begona) — zanjirli silikat lar kichik guruhiga mansub togʻ jinslarini hosil qiluvchi minerallar gu-ruxi. Kimyoviy tarkibi Me,[Si2O6], bunda Me — magniy, kalsii, temir va boshqa metallar kationlari. Kristallografik belgilariga qarab rombik va monoklin P. boʻladi. Rombik P. magniy, temir metasilikatlaridan iborat uzluksiz izomorf aralashma Mg2 [Si2O6] Fe2[Si206] qatorini hosil qiladi. Magniyli enstatit — Mg2[Si2O6] va mag-niy-temirli gipersten — (MgFe2) [Si2O6] koʻp tarqalgan. Monoklin P.ning tarkibida magniy va temirdan tashqari kalsiy ham boʻlib, bu guruhga diopsid, gedenbergit, avgit, jadeit, egirin va spodumen minerallari kiradi. Monoklin P. asosan, skarnlarda va effuziv jinslarda uchraydi. Qattikdigi 5—6,5; zichligi 3100–3600 kg/m3.
Rombik va monoklin P. mono-mineralli oʻta asosli togʻ jinslari (piroksenitlar)ni tashkil qila-di, shuningdek, boshqa oʻta asosli tog jinslari (peridotitlar, gars-burgitlar va boshqalar) tarkibiga kiradi. Monoklin P. keng tarqalgan. Diopsid — gedenbergitlar — kontakt metasomatik skarnlarning odatdagi minerallaridir; avgitlar magma-tik togʻ jinslari (bazalt, andezit, gabbro, diorit va boshqalar)da uchraydi; egirin — ishqoriy siyenitlarning odatdagi minerali; jadeit ayrim me-tamorfik togʻ jinslarida boʻladi; spodumen faqat litiyli pegmatitlardagina mavjud. Monoklin P. (avgitlar) oydagi bazaltlarning asosiy minerali hisoblanidi.
Gidrotermal eritmalar taʼsirida P. serpentin, shox aldamchisi (uralit), xlorit, epidot va boshqalarga oʻtadi. Sirtqi nurash jarayonida esa P. montmorillonit va boshqalarga aylanadi. Spodumen — Li ajratib olinadigan qimmatli ruda, uning tiniq, shaffof turlari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi; jadeit — yasama tosh.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |