Piroliz

pirogenetik jarayonlardan biri; murakkab moddalarni ularga havo bermay (koʻpincha katalizatorlar bilan) yuqori temperatura taʼsirida oddiy moddalarga parchalash

Piroliz (yun. rug — olov va ...liz) — pirogenetik jarayonlardan biri; murakkab moddalarni ularga havo bermay (koʻpincha katalizatorlar bilan) yuqori temperatura taʼsirida oddiy moddalarga parchalash. P. texnikada, mas, neftni qayta haydashda (benzin miqdorini oshirish va aromatik uglevodlardan olish uchun) keng qoʻllanadi. Neftni maxsus pechlarda 600—750° gacha qizdirganda uglevodorodgacha boʻlgan mol. m.si kichik birikmalar hosil boʻladi; ayni vaqtda zichlashish reaksiyasi roʻy berib, mol. m.si yuqori boʻlgan moddalar, aromatik va toʻyinmagan uglevodorodlar vujudga keladi. Neft P. kilinganda uglerodli qoldiq, neft koksi va boshqa hosil boʻladi. temperatura, bosim va qizdirish davomiyligi P. natijasiga taʼsir kiladi. Pirolizh. da ishlatiladigan zaharli kimyoviy vositalar, xalq xoʻjaligining turli tarmoqdarida qoʻllanadigan uglevodorodlar (yogʻoch spirti, sirka kislota va boshqalar), qazib olinadigan koʻmirlardan koks, gaz va boshqa olishda qoʻllanadi. Sanoatda metall karbonillarini P.ga uchratib metall kukunlari hosil qilinadi. SaSO3 dan kalsiy oksidi, baʼzi anorganik tuzlarni pirogidroliz qilish yoʻli bilan oksidlar olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil