Pirotexnika
Pirotexnika (yunoncha: rug - olov va texnika) — portlovchi va yonuvchi aralashmalar tayyorlash hamda ularni amalda qoʻllash bilan shugʻullanadigan texnika tarmogʻi. Harbiy maqsadlarda, sanoatda, qishloq xoʻjaligida, bayramlarda mushakbozlikda qoʻllanadigan moddalar bilan shugʻullanuvchi turlari bor.
Harbiy maqsadlarda yorituvchi pirotexnik tarkib (PT)lar, signal, yondiruvchi, yorugʻ iz qoldiruvchi, tugun hosil qiluvchi Pirotexnikalar qoʻllanadi. Pirotexnikadan jang maydonida snaryadlar, bombaning portlashi kabi sunʼiy portlashlarni hosil qilishda ham foydalaniladi. Sanoatda relslar, trubalar, elektr simlar, turli qotishmalar ishlab chiqarish da termit Pirotexnikadan foydalaniladi. Gugurt ishlab chiqarishda ishlatiladigan tarkiblar ham Pirotexnikaning bir turi hisoblanadi. Signal Pirotexnikalaridan transportda, kinoga olish, mushaklar tayyorlash va boshqalarda foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarni zararkunandalardan saqlash, xoʻl mevalar saqlanadigan omborlar va vino bochkalarini dezinfeksiya qilishda Pirotexnika ishlatiladi.
Koʻpchilik Pirotexnikalarning asosini oksidlovchining yonilgʻi bilan ikkilamchi aralashmasi tashkil etadi; bunda yonilgʻi qisman oksidlovchidagi, qisman havodagi kislorod hisobiga yonadi. Pirotexnikada nitratlar va perxlorlarat, metall oksidlari (Fe3O4, MnO2 va boshqalar) oksidlovchi vazifasini bajaradi.
Yuqori temperaturali PT da yonuvchi aralashma sifatida Mg, A1 va ularning qotishmalari, kamdan-kam Ti va Zr dan; tutun hosil qiluvchi aralashmada esa, asosan, organik moddalardan foydalaniladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |