Pitonlar

soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi

Pitonlar (Pythoninae) — soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Uzunligi 1,5 m dan (kirol P.) 10 m gacha (toʻrsimon P.). Rangi har xil. Yuqori lab qalqonida issiqni sezadigan termoretseptorli 2—3 ta chuqurchasi boʻladi. Termo-retseptorlari yorda-mida yaqinlashayotgan issiq qonli hayvonlarni sezadi. 27 turi sharqiy yarim sharning tropik va subtropik qismida tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda yashaydi. Sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar bilan oziqlanadi. Yirik P. chiyaboʻri, jayra, yosh leopard va toʻngʻizlarni butunlay yutishi mumkin. Odamga deyarli tegmaydi. Urgochisi 107 tagacha tuxum qoʻyib, uni birmuncha vaqt bosib yotib isitadi va yirtqichlardan himoya kiladi. Goʻshti va yogʻi isteʼmol qilinadi; terisidan turli buyumlar yasashda foydalaniladi. P. tutkinlikda 25 yilgacha yashaydi, lekin deyarli koʻpaymaydi. Ayrim turlari himoya qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil