Oksitotsin
(Pitotsindan yoʻnaltirildi)
Oksitotsin (Oxytocinum), pitotsin — neyrogipofizial gormon; gipofiz orqa boʻlagi gormonlarndan biri; 9 ta aminokislota qoldigʻidan tuzilgan siklik peptid. Oksitotsin tuzilishi va taʼsiriga koʻra, boshqa neyrogipofiz gormoni — vazopressinga yaqin turadi. Bir kator tabiiy analoglari mavjud, sintetik yul bilan ham olinadi. Bachadon (ayniqsa, homilali bachadon) va sut bezining silliq muskullarini qisqartiradi. Dard tutishi susayganda, bachadondan atonik qon ketganda buyuriladi. Ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |