Pivoli keks (inglizcha: Beer cake) — bu asosiy masalliq sifatida pivo va pishiriq uchun kerakli boshqa odatiy masalliqlardan[1] foydalangan holda tayyorlangan keks yoki tort. Pivo qoʻshilgan shokoladli kekslar staut va shokoladli stautli pivoni oʻz ichiga olishi mumkin va baʼzi zanjabilli pryaniklarda ham pivodan foydalaniladi. Pivoli keksning turli xillari mavjud, masalan, ildiz pivosidan tayyorlanganlari[1].

Pivoli keksda ishlatiladigan pivo unga xamirturushli taʼm berishi mumkin. Pivoli keks ustidagi glazur asosiy masalliq sifatida pivo yordamida ham tayyorlanishi mumkin. Baʼzan pivo qoʻshilgan shokoladli kekslarini tayyorlashda staut va shokoladli staut ishlatiladi[2]. Meva yoki rezavorlar, masalan, chernikadan foydalanib tayyorlanadigan keks turlari ham mavjud. Retsept boʻyicha mevani pivo solinadigan stakanga aralashtirib, soʻngra olingan aralashmani tort uchun suyuq xamirda masalliq sifatida ishlatish kerak. Mevalarni, shuningdek, pivoli keksni bezash uchun ham ishlatish mumkin.

Bolo de cerveja

tahrir

Braziliya va Portugaliyada pivoli keks „Bolo de cerveja“ deb nomlanishi mumkin[3].

Zanjabilli pryanik

tahrir

Baʼzi pryaniklar pivo qoʻshib tayyorlanadi; pivo pryanikning taʼmi va toʻyinganligini yaxshilash uchun xizmat qilishi mumkin. Zanjabilli pryanikda toʻq rangli pivodan foydalanish, taomda ishlatiladigan ziravorlarni qoʻshish orqali taʼmni yaxshilashi mumkin. Va aksincha, har xil turdagi pivodan foydalanish xushboʻy keks sifatini pasaytirishi mumkin[4]. Misol uchun, lagerdan foydalanish pryanikni achchiq qilib qoʻyishi mumkin, stautdan foydalanish esa haddan tashqari ogʻirlik qilishi mumkin.

Ildiz pivodan tayyorlangan keks

tahrir

Ildiz pivodan tayyorlangan keks — asosiy masalliq sifatida ildiz pivosidan (sassafras daraxti poʻstlogʻidan) foydalanib tayyorlaniladigan pivoli keksning bir turi. Ildiz pivo alkogolsiz yoki alkogolli boʻlishi mumkin[5].

Porterli keks

tahrir

Porterli keks anʼanaviy irland keksi boʻlib, uni baʼzilar Avliyo Patrik kuni bilan bogʻlaydilar[6]. Bu mevali tort boʻlib, garchi uni Ginness[7][8] kabi stautlar bilan almashtirish mumkin boʻlsa-da, odatga koʻra porterdan foydalaniladi[9].

Manbalar

tahrir
  1. Ganguly, S.. Herbal Immune Enhancers and Indigenous Herbs, Plants and Fruits and its Traditional Implications in Therapy Including Alternative Medicines. Science and Education Development Institute, Nigeria, 2014 — 46-bet. ISBN 978-978-52231-8-7. 
  2. Van Niekerk, B.. Gourmet Coffee Mug Cakes:. Brenda Van Niekerk, 2013 — 29–36-bet. 
  3. Fedora, B.; Fedora, L.. The Foodie's Beer Book: The Art of Pairing and Cooking with Beer for Any Occasion. Skyhorse Publishing Company, Incorporated, 2014 — 394-bet. ISBN 978-1-62914-108-4. 
  4. Peterson, J.B.; Peterson, D.C.. Eat Smart in Brazil: How to Decipher the Menu, Know the Market Foods & Embark on a Tasting Adventure, Eat Smart Series. Ginkgo Press, 1995 — 76-bet. ISBN 978-0-9641168-3-2. 
  5. de Andrade, M.. Em Casa: A Portuguese Family's Favourite Recipes. Struik, 2006 — 92-bet. ISBN 978-1-77007-221-3. [sayt ishlamaydi]
  6. „Delicious Guinness porter cake recipe“ (en). IrishCentral.com (2016-yil 8-iyul). 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  7. „Porter Cake, Recipes of County Mayo in the West of Ireland | mayo-ireland.i“ (en). www.mayo-ireland.ie. 2019-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  8. „Асала Джоан. Кельтская народная кухня. Древние традиции и старинные рецепты напитков и блюд. — СПб.: ИГ «Весь», 2017. — 352 с. — С.316“. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  9. Heuzenroeder, A.. Barossa Food. Wakefield Press, 1999 — 1098-bet. ISBN 978-1-86254-461-1.