Plakoid tangacha
Plakoid tangacha (yun. plax - yuza, plastinka va eidos — koʻrinish, shakl) — togʻayli baliqlar uchun xos tangachalar. Mezodermada (ektoderma chegarasi-da) rivojlanadi; ektodermani yorib pix shaklida tana sirtiga chiqadi. Bazal plastinka, boʻyincha va koronka, yaʼni pixdan iborat. Pixning uchi orqaga egilgan. Har bir tangacha ichida qon tomirlari va nyorvlar bilan taʼminlangan boʻshliq (pulpa) yoki bir necha pulpa naylari boʻladi. Plakoid tangacha dentindan iborat; uning uchki qismi (pixi) kat-tik emal bilan qoplangan. Hayot davomida Plakoid tangacha almashinib turadi. Umurtqalilar evolyusiyasida Plakoid tangacha ganoid va suyak tangachalar bilan almashinadi. Umurtqalilarning tishlari Plakoid tangachadan hosil boʻlgan (yana qarang Tangachalar).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |