Plastifikatorlar
Plastifikatorlar (yunoncha: plastos – plastik va lot. facio – qilaman) – polimerlarning plastiklik va elastiklik holatini yaxshilovchi organik birikmalar. P. polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va ishlov berilishini yaxshilaydi. P. kimyoviy jihatdan barqaror, suvda erimaydigan, issiq va nurga bardoshli hamda zaharsiz boʻlishi kerak. Kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi: ftalatlar – ortoftalat kislotaning efirlari. Polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va dielektriklik xossasini yaxshilaydi. Fosfatlar – fosfat kislotaning murakkab efirlari. Fosfatlar polimerlarni oʻtga chidamli qiladi. Adipinatlar va sebatsinatlar – adi-pin va sebatsin kislotalarning efirlari. Polimerlarni oʻtga chidamli qiladi va past temperaturalarda elastikligini oshiradi. Epoksidlangan P. – epoksidlangan tabiiy moy va epoksidlangan toʻyinmagan kislotalarning efirlari. Bular ham stabilizatorlik xizmatini oʻtaydi. Poliefir P. – yuqori molekulali murakkab geterozan-jirli poliefirlar. Ular moyda, ben-zinda erimaydi, issiqqa chidamli, uchmaydi. Plastifikatorlarch.da muhim ahamiyatga ega (ishlab chiqariladigan P.ning 70%i polivinilxlorid ishlashga ketadi). Rezina va lok-boʻyoq materiallari ishlab chiqarishda ham keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |