Platforma — Yer poʻstining sust harakatlanadigan qismi, geosinklinallarning aksi hisoblanuvchi konti-nentning asosiy struktura elementi. Maydoni bir necha mln. km² ga yetadi. P. tuzilishi 2 qavatdan iborat. Pastki kavat magmatik, metamorfik va vulqon jinslaridan tarkib topgan. Yuqori qavat choʻkindi, baʼzan vulqon jinslaridan tuzilgan. Qalinligi 3–7 km dan 9 km gacha, ayrim joylarda undan ham ortiq. Bir oz qiya holda yotgan qoplama jinslar turli tartibdagi kichik strukturalar bilan murakkablashgan. P.larda jadal burmalanishlar quyidagi joylarda yuzaga keladi: tuzli yotqizikdardan tarkib topgan egilmalarda; yondosh burmalangan oblastlarning chekka qismida; avlakogenlarda (yoriqlar bilan chegaralangan va grabensimon shakldagi P.ning chiziqli egilmasi); poydevorning katta amplitudali yoriqlarga tutashgan qismlarida.

Qad. va yosh P.lar farq qilinadi. Qad. P.ning poydevori paleozoygacha hosil boʻlgan qatlamlarning burmalanishidan yuzaga kelgan. Baʼzan P. krplama-sini poydevordan oraliq jinslar majmui ajratib turadi. P.da magmatik jarayonlar ham kuzatiladi, lekin ular geosinklinallardagiga nisbatan bir-muncha sust. Magmatizm jinslari ish-qorbazaltli magmadan iborat. P.larda sodir boʻladigan seysmik harakatlar ancha sust boʻladi, lekin yirik yoriqlarga tutashgan joylarida va qoʻshni geosinklinal oblastlar yaqinida kuchli boʻlishi mumkin. P.larda geotermik gradiyent geosinklinallardagiga nisbatan 2—4-marta kam. Yosh P.larda bu koʻrsatkich qadimiylariga nisbatan yuqori. P.lar chegarasi, odatda, poydevorning burmalangan strukturalari yoʻnalishiga moye kelmasdan, balki qoʻshni geosinklinallarning choʻziklik chegarasi bilan ustmaust tushadi. P.lar chegarasi keskin yoki juda yoyiq boʻlishi mumkin. P.larning yirik struktu-rasi sifatida qalqonlar va plitalar ajratiladi. Plitalarda neft va gazning yirik zaxiralari uchraydi. Yuqorida qayd qilingan barcha belgilar Yer poʻstining 30–60 km qalinlikdagi kontinental P.lariga xosdir. Bulardan tashqari, okean P.lari ham mavjud. Ularga tekis relyefli okean tublari misol boʻla oladi. Yer pusti qalinligi bu joyda 5–7 km dan oshmaydi, granitli qatlamlar uchramay-di, choʻkindi qatlamlar kam boʻlganligidan anʼanaviy fikrga asosan neft va gazlarga istiqbolsiz hisoblanadi. Qad. P.larga: Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika, Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibir, Afrika, Avstraliya P.lari, yosh P.larga Gʻarbiy Yevropa, Turon-Skif, Gʻarbiy Sibir P.lari mansub.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil