Plazma (qon)
Plazma, qon plazmasi – qonning suyuq qismi. Unda qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) boʻladi. Qon plazmasi tarkibidagi oʻzgarishlariga qarab, turli kasalliklar (revmatizm, qandli diabet va boshqalar)ni aniqlash mumkin. Qon plazmasidan dori preparatlar (albuminlar, fibrinogen, gamoma-globin va boshqalar) tayyorlanadi[1][2].Odam qon plazmasining hajmi 55-60% ni tashkil etadi. Qon plazmasini shaklli elementlaridan ajratish uchun maxsus qonni ivishdan saqlovchi moddalar qoʻshish yoʻli bilan olingan qonni sentrifugalanadi. U ogʻir boʻlgani uchun probirka tubiga eritrotsitlar choʻkadi, uning ustiga oq tusli leykotsitlar („leykon“-rangsiz), soʻngra yaltiroq koʻrinishli qon plastinkasidan trombotsitlar choʻkadi. Shaklli elementlar ustida suyuq rangsiz yoki sargʻich tusli qavat plazma ajraladi. Qon plazmasi (qon zardobi) qonning suyuq qismi boʻlib, u murakkab aralashma.
Tarkibi
tahrir- oqsillar
- yogʻlar
- karbonsuvlar
- mineral tuzlar
- fermentlar
- antitelalar
- erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid
kabilar) boʻladi. Plazma tarkibida oʻrtacha 90% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1% glukoza, 0.8% yogʻlar boʻladi. Plazmadagi oqsillardan-albumin-4%, globulin 2,8% va fibrinogen-0,4%ni tashkil qiladi. Fibrinogen va albumin muhim biologik ahamiyatga ega boʻlib, jigarda hosil boʻiad i va qonning ivishini amalga oshiradi. Globulin esa jigar, taloq, ilik va limfa tugunlarida hosil boʻladi. Limfa oqsillarining miqdori 0,3-0,4% ga teng. Qon plazmasidan hamma oqsillar choʻktirilgandan soʻng filtratda modda almashinuvining oraliq mahsulotlari-siydik kislotasi, kreatin, amiak va boshqa moddalarni ajratish mumkin. Bu moddalar tarkibidagi azot, qoldiq yoki oqsilsiz azot deb ataladi, uning miqdori katta odamlarda 20-40 mg% ni yoki 20-40 mg 100 ml qon hajmiga toʻgʻri keladi. Qon plazmasi tarkibida yogʻ kislotasi va yogʻsimon moddalar uchraydi. Ertalab och holda odam qon plazmasida 0,5-1,0% chamasi yogʻ va yogʻsimon moddalar topilgan. Glukozaning qon plazmasidagi umumiy miqdori 80-120 mg% ga teng. Ovqatlanganda uning miqdori 0,2% ga koʻtariladi. Buni ovqatianish giperglikemiyasi deb ataladi. Glukozaning plazmada 0,05% gacha pasayishi gipoglikemiya deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% ga oshib ketishi yoki 0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchli buzilishiga olib keladi va oʻlim sodir boʻlishi mumkin. Aks holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng.
Mineral tuzlari tarkibi
tahrir- natriy
- kaliy
- kalsiy
- magniy
- xlor va
- fosfatlar kiradi.
Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, yaʼni PH=7.4 Qon plazmasi oqsillari va peptidlar quyidagi funksiyalari bajaradi:
1. oqsillar kolloid-osmotik bosimining paydo boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Osmotik bosim toʻqimalar bilan qon oʻrtasidagi almashinuvini tartibga solish uchun zarur;
2. oqsillar qonning bufer tizimi uchun eng kerakli moddalar hisoblanadi va kislotali-ishqoriy muvozanatni saqlashda ishtirok etadi;
3.oqsillar qon plazmasining yopishqoqligini taʼminlaydi;
4.plazma oqsillari eritrotsitlari tez choʻkishiga yoʻ1 qoʻymaydi;
5. Plazma oqsillari qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi;
6. qon plazmasi immunitetning muhim omili hisoblanadi;
7. qon plazma oqsillari tashuvchi vazifasini bajaradi;
8. oqsillar-oziq modda.
Oqsil miqdori
tahrirPlazmadagi umumiy miqdori 200-300 gramm Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil boʻladi. Albuminlaring yarim parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki esa-5 kun. Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularing molekulalari unchalik katta boʻlmasa ham, harakatchanligi tufayli osmotik bosimning hosil boʻlishida yordam beradi. Masalan, albumin qonning tashilish funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yogʻ kislotasi, baʼzi bir farmakologik moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma hisoblanadi.
Molekulyar tuzilishi
tahrirAlbuminning bitta molekulasi 25-50 ta bilirubin molekulasi bilan birikish qobiliyatiga ega. Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga boʻlinadi:
- alfa-1,
- alfa-2,
- beta-2
- gamma-globulinlar.
Alfa-l-globulinning oqsillari glikoproteinlar va mikoproteiniar deb ataladi. Ularing tarkibidagi plazmaning 60% glukozasi organizmda aylanib yuradi. Aifa-2-globulinlar oqsillarining tarkibida mis elementi borligi uchun ularni seruloplazmin deyishadi. Bu oqsilning bir molekulasi 8 mis atomi bilan birikishi mumkin, yaʼni plazmadagi 90% mis oqsil bilan birikkan. Beta-globulinlar fosfolipid, xolesterin, stereoid gormon va metall kationlarini tashilishi uchun xizmat qiladi. Metali bor oqsil transferin deb ataladi, masalan, temiring qon orqali tashilishi uchun muhim. Transferinning har bitta molekulasi temirning ikki atomini tashishi uchun moslashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ |last1=E.Nuritdinov |url=https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/biologiya/Odam%20fiziologiyasi%20(E.Nuritdinov).pdf |website=ziyo.uz.com |publisher=Toshkent "Aloqachi " |accessdate=16-noyabr 2022-yil |archivedate=2005 |page=36-37}}
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |