Ployeshti
Ployeshti — Ruminiyaning jan. qis-midagi shahar. Praxova daryosi boʻyida. Praxova judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 251,3 ming kishi (1998). Mamlakatning muxim neft qazib oli-nadigan rayoni markazi. Neft kimyosi va kimyo sanoatlari rivojlangan. Neft va kimyo sanoatlari uchun jihozlar, chinni buyumlar, mebel ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Budapesht, Konstansa shaharlariga neft quvurlari oʻtkazilgan. Issiqlik elektr styasi qurilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |