Pnevmoavtomatika (pnevmo... va avtomat) — avtomatik rostlash va boshkarish vositalari majmui; pnevmatik tizimlar va qurilmalar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish va fizik kattaliklar (bosim, sath, temperatura va boshqalar) ni rostlab turish usullarini ishlab chikish, texnika vositalarini yaratish bilan shugʻullanadi. Unda avtomatik rostlash, uzokdan turib boshkarish, signalizatsiya va himoya tizimlari majmuini yaratishda kompleks elastik kuch pnevmoavtomatikasi, sanoat pnevmoavtomatikasi elementlarining universal tizimini ishlab chikish masalalari oʻrganiladi; rostlagichlar, pnevmatik datchiklar, oʻzgartirgichlar, summatorlar, himoya va signalizatsiya kurilmalari yaratiladi. P. kimyo, neft, gaz va oziq-ovqat sanoatlari, yogʻochga ishlov berish korxonalarida keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil