Pnevmotransport
Pnevmotransport (pnevmo... va transport) — sochiluvchan va donali materiallar (bugʻdoy, un, paxta va boshqalar) ni havo yoki gaz kuchi bilan tashishga im-kon beradigan qurilmalar majmui. Havo yoki gazning tortish kuchini vujudga keltirish uchun ventilyator (nasos)lardan foydalaniladi. P.ning soʻradigan, haydaydigan va aralash xillari bor. P. yuklash mexanizmi, quvurlar, materialni havodan ajratadigan qurilma (separator), kompressor va avtomatik boshqarish asboblaridan ibo-rat. Yuklash (materialni quvurga yunaltiruvchi) uskunalarining vintli va kamerali xillari keng tarqalgan. Ish unumdorligini oshirish uchun aralash (vintli va kamerali) P. ishlatiladi. P. sanoatda, qurilishda (kukunsimon, donali va boʻlakli yuklar, sement, kumir kukuni, kul, kum va boshqa tashish) va boshqa joylarda qoʻllanadi. Paxta terish va koʻrak chuvish mashinalarida ham P. bor.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |