Poʻlat Moʻmin
Poʻlat Moʻmin (taxallusi; asl ism-sharifi Poʻlat Moʻminov) (1922.24.12 – Toshkent – 2004.2.3) — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik bilan shugʻullangan (1944–1947). "Lenin uchquni" gazetasida adabiy xodim (1948–50), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1951–1952), respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954–60), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir (1962–64).
Poʻlat Moʻmin | |
---|---|
Tavalludi |
24-dekabr 1922-yil |
Vafoti |
2-mart 2004-yil (81 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent Davlat pedagogika instituti (1944) |
Kasbi | shoir, yozuvchi, tarjimon |
Unvoni | Oʻzbekiston xalq yozuvchisi |
Mukofotlari |
Ilk sheʼrlar toʻplami – "Sayrang, qushlar" (1949). Shundan keyin uning "Tong kuylari" (1949), "Oltin boshoqdor" (1951), "Tish choʻtkasi ertagi" (1955), "Hunardan unar" (1958), "Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur" (1960), "Aql qayerda boʻlar" (1962), "Oltin nay" (1967), "Yaxshilarga oʻxshasam" (1975), "Rahmatga rahmat!" (1969), "Eson va Omon" (1973), "Ertaqdan ertakka" (1989), "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" (1984), "Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim" (1993), "Bugʻdoy bobo" (1995), "Bolajon, bolajonim" (2003) va boshqa bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari, "Kul-di xiyol" (1964), "Gul va piyoz" (1971), "Qoʻshiq aytib" (1985) singari qoʻshiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan. Poʻlat Moʻmin mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, gʻazal, tuyuq, fard janrlarida ham koʻplab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qoʻshiqlari gʻazal janrida yozilgan. Poʻlat Moʻminning bolalar hayotidan olingan "Qovoqvoy bilan Chanoqvoy", "Suqatoy va Konfetvoy" (1970), "Bahodirning botirligi" (1972), "Ona bolam deydi, bola onam deydi" (1975), "Oq fil yoʻqoldi" (1983), "Tuyakush-boyaqish" (1987) pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. A.S. Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bagʻishlangan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).[1][2][3]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirpeople.ziyonet.uz (Wayback Machine saytida 2016-03-13 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |