Shimoliy Makedoniya

mamlakat
(Pobblaght ny Massadoandan yoʻnaltirildi)

Shimoliy Makedoniya, Shimoliy Makedoniya Respublikasi (maked.: Северна Македонија)[1]— Janubiy Yevropada, Bolqon yarim orolning markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 25713 km². Aholisi 2,046 mln. kishi (2001). Poytaxti — Skopye shahri Maʼmuriy jihatdan 30 tuman (rayon)ga boʻlinadi. Pul birligi — denar.

Shimoliy Makedoniya Respublikasi
Република Северна Македонија
Republika Severna Makedonija
ShiorСлобода или смрт
(Makedoncha: Liberty or death)
Madhiya: Денес Над Македонија
(Today Over Macedonia)
Location of Shimoliy Makedoniya
Poytaxt Skopye
Rasmiy til(lar) Makedon tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Branko Krvenkovski
Vlado Bučkovski
Mustaqillik (Yugoslaviyadan)
• Sana
8-sentabr 1991
Maydon
• Butun
25,333 km2 (149-oʻrin)
• Suv (%)
1.9
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
2,045,262 (143-oʻrin)
• Zichlik 80/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$15,550 mil. (126-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$7,603
Pul birligi Denar (MKD)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma MK
Telefon prefiksi 389
Internet domeni .mk

Davlat tuzumi

tahrir

Makedoniya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 17 noyabrda qabul qilingan, 1992-yil 6 yanvarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligi — prezident (1999-yildan Boris Traykovskiy), umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan fukarolar tomonidan 5 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat — rais va vazirlardan iborat hukumat.

Tabiati

tahrir
 
Ohrid koʻli, 2022

Makedoniya hududining koʻp qismini oʻrtacha balandlikdagi (2764 m gacha) togʻlar egallaydi. Ular oraligʻida daralar va dare vodiylari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — moʻʼtadilkontinental, janubida Oʻrta dengizga xos iqlim. Oʻrtacha temperatura yanvarda 5° — 7°, iyulda 24°—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm. Asosiy daryolari — Vardar va Strumitsa, katta koʻllari — Oxrid, Prespa. Togʻ yon bagʻirlarida — aralash oʻrmon (asosan, dub va buk) hamda butazorlar, 2000 m dan balandda — togʻ yaylovlari, Foydali qazilmalardan xromit, marganets, qalayrux, mis va temir rudalar, surma, uran, magnezit konlari bor.

Aholisi

tahrir

Aholisining 66,5 % makedonlar; albanlar (22,9 %), turklar (4 %). loʻlilar (2,3 %), serblar (2 %), musulmon-slavyanlar (2,1 %) ham yashaydi. Rasmiy til — makedon tili. Dindorlarning koʻpchiligi — pravoslav xristianlar; sunniy musulmonlar ham bor. Aholisining 54 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Skopye, Bitola, Prilep, Kumanovo, Oxrid.

Tarixi

tahrir

Makedoniya Respublikasi 1918-yilda Serbiya tarkibidagi Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-yildan — Vardar Makedoniyasi hududida tashkil topgan (qarang Makedoniya (tarixiy viloyat)).

Yugoslaviya qirollitida yuqori mavqega ega boʻlgan serb hukmron doiralari milliy zulm siyosatini oʻtkazib, „Makedoniya“ nomini rasmiy iboradan chiqarib tashladilar, Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy asoratga, buyuk serb zulmiga, jumladan, majburan serblashtirish siyosatiga qarshilik harakati vujudga keldi. Ilgʻor ijtimoiy kuchlar faollik koʻrsata boshladi.

1941-yil aprelda Vardar Makedoniyasining koʻp qismini Bolgariya, qolgan yerlarini Italiya bosib oldi. Bosqinchilarga qarshi xalq qurolli kurashga otlandi. 1945-yilda Makedoniya ozod etiddi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibidagi 6 respublikaning biriga aylandi. 1991-yil 25 yanvarda Makedoniya suvereniteta haqida Deklaratsiya qabul etildi va oʻsha yili 17 noyabrda Makedoniya suveren, mustaqil, demokratik respublika deb eʼlon qilindi. Makedoniya — 1993-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatini 1994-yil 31 dekabrda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2 avgust — Respublika kuni.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

tahrir

Umummakedoniya inqilobiy tashkiloti — Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Demokratik alternativa partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Liberaldemokratik partiya, 1997-yilda tuzilgan; Makedoniya demokratik partiyasi; Albanlar demokratik partiyasi; Makedoniya sotsialdemokratikittifoqi, 1943-yilda Makedoniya kommunistlar ittifoqi nomi bilan tuzilgan va 1991-yil 20 apreldan hozirgi nomi bilan yuritiladi; Makedoniya sotsialistik partiyasi, 1990-yilda asos solingan. Makedoniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi.

Xoʻjaligi va sanoati

tahrir

Makedoniya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 55,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 16,8 %. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo-farmatsevtika sanoati, konchilik rivojlangan. Polimer, ayrim turdagi stanoklar, sanoat asbobuskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtodetallar, sovitkichlar ishlab chiqariladi. Binokorlik ashyolari, oʻtga chidamli materiallar, shisha, chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Toʻqimachilik, o.ziq-ovqat, yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tamaki sanoati, vinochilik rivoj topgan. Yiliga 5,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlanib borayotir.

Makedoniya Respublikasida dehqonchilik ustun. Tamaki, paxta, sezam, uzum, sabzavot va mevalar, oziq-ovqat ekinlaridan bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi ekiladi. Qoʻychilik va qisman, qoramolchilik, parrandachilik, balikchilik bilan shugʻullaniladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sayyohlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Transporti

tahrir

Temir yol uzunligi — 0,7 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 10,6 ming km. Chetga kiyim-kechak, gazmol, mashina va asbob-uskuna, doridarmon, mebel, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

Makedoniyada 7—15 yoshdagi bolalar uchun 8 yillik asosiy maktab doirasida majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Shu maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziya va kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Skopyeda universitet (1949-yilda tashkil qilingan, uning huzurida iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti bor) va pedagogika akademiyasi. Makedoniya fan va sanʼat akademiyasi, milliy tarix instituti, folklor, geol., veterinariya institutlari, Oxrid shahrida gidrobiol. instituti, Strumitsa shahrida paxta instituti, 20 ga yaqin ilmiy jamiyat mavjud. Skopyeda xalq kutubxonasi, universitet kutubxonasi, tarixiy arxiv, arxeologiya (1924), tarix (1926) muzeylari, rasmlar galereyasi (1948), etn. muzeyi (1949), Oxridda tarix va rayem muzeylari bor.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

tahrir

Makedoniyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi.Eng yiriklari: „Nova Makedoniya“ („Yangi Makedoniya“, makedon tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1944-yildan), „Birlik“ (turk tilida chiqadigan gazeta, 1994-yildan), „Vecher“ („Oqshom“, kundalik gaz.,1963-yildan), „Pule“ (haftalik gaz.,1991-yildan), „Trudbenik“ („Mehnatkash“, haftalik gaz.), „Flyaka evellazerimit“ (alban tilidagi gaz.,1945-yildan). Makfaks — Makedoniya axborot agentligi 1993-yilda tashkil etilgan. Makedoniya radiosi 1944-yildan, telekoʻrsatuvi 1964-yildan ishlay boshlagan.

Adabiyoti

tahrir

Makedon adabiyotining vujudga kelishi va davrlarga boʻlinishi muammolari mamlakat olimlarining ilmiy ishlarida har xil bayon etilgan. K. Misirkov (1874—1926)ning ilmiy faoliyati bu sohada muhim ahamiyatga ega. U makedon adabiy tilining hozirgi fonetik va morfologik tuzilishiga yakin namunasini yaratdi. Shoir K. Ra-sin (1908—43) zamonaviy makedon sheʼriyatining asoschisi hisoblanadi. K. Nedelkovski (1912—41), M. Bogoyevski (1919—42) va boshqa vatanparvarlik ruhida asarlar yaratishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr yozuvchilari ozodlik kurashi voqealarini asosiy mavzu qilib oldilar. 60—80-yillarda roman va qissa janrlari rivojlandi (S. Yanev-ski, D. Solev, S. Drakul, Y. Leov, G. Abajiyev, J. Chingo va boshqalar). Dramaturgiyada V. Iloski, K. Chashule, T. Arsov-skilar ijod qildi. Makedoniyada turk va boshqa xalqlar adabiyoti ham mavjud.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir

Makedoniya hududida miloddan avvalgi 4—6-asrlardan shaharlar (Stobi, Skupi, Gerakleya) harobalari saqlangan. Ular orasida doirasimon manzilgohlar, tosh va guvaladan qurilgan uylar, tarashlanmagan harsangdan tiklangan istehkomlar, qadimgi yunoncha qabrlarni eslatuvchi oltin niqobli sagʻanalar, odam va hayvonlarning oltin va jez haykallari bor. Oʻrta asrlarda Makedoniya meʼmorligi Vizantiya taʼsirida rivojlangan: Skopye devorlari (6-asr), shoh Samuil qasri (11-asr boshlari), Strumitsa qoʻrgʻoni (11-asr), Oxriddagi ayo Sofiya ibodatxonasi bazilika tipida qurilgan. 12— 14-asrlardagi diniy inshootlarda bir yoki besh xochsimon gumbazli ibodatxonalar toifasi qaror topdi. Turklar hukmronligi davrida masjidlar, minoralar, mezanasimon turar joylar qurildi. 18—19-asrlardan monastir majmualari va turar joy namunalari saqlanib qolgan. 19-asr oxiri va 20-asr 30-yillarigacha hozirgi Makedoniya hududidagi shaharlarda yevropacha eklektizm ruhidagi qorishiq meʼmorlik uslubida binolar rejasiz, tartibsiz qurilgan. Keyingi yillarda shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshlandi, yigʻma temir-betondan yirik sanoat inshootlari barpo etildi. 1963-yilgi Skopye zilzilasidan keyin shahar markazini yapon meʼmori K. Tonge loyihasi asosida tiklashga kirishildi. Keyingi yillarda barpo etilgan eng katta inshootlar — Skopyedagi Kasaba uyushmalari uyi (meʼmor S. Brezovski), Tarix muzeyi (meʼmor G. Konstantinovski), Makedoniya xalq teatri (meʼmor M. Kratonoshich), Prilepdagi shahid jangchilar yodgorlik majmuasi, Petrovsedagi aeroport bi-nosi va boshqa

Makedoniyada amaliy bezak sanʼati, oʻymakorlik va boshqa rivojlangan. Oxriddagi 11-asrga oid ayo Sofiya ibodatxonasi, Nerezidagi 12-asrga mansub avliyo Panteleymon cherkovi devorlariga ishlangan rasmlar Makedoniya hududidagi eng qadimgi tasviriy sanʼat yodgorliklaridir. 13—14-asrlarda Yevtihis va Mixail kabi rassomlar erkin syujet asosida nozik tabiat manzaralarini chizdilar. 18-asr 2-yarmi va 20-asr 1-yarmida makedon rassomlari Frchkoskilar oilasi, J. Zografski va D. Andonov umumevropa rangtasviri ruhida ijod qilib, vatanpar-varlik kompozitsiyalari, portretlar, peyzajlar yaratdilar, xalq turmushini aks ettirdilar. Zamonaviy makedon tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, amaliy bezak sanʼatining har xil turlari rivojlangan.

Musiqasi

tahrir

Xalq musiqasi xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, asosan, 2 ovozli qoʻshiq va cholgʻu kuylaridan iborat. Musiqa asboblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chalinadigan turli sozlar bor. Doyra boʻlib qoʻshiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Makedoniyada musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-maʼrifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895-yil Skopyeda duxovoy orkestr, 1907-yil „Vardar“ qoʻshiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928-yil S. Arsich birinchi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi davridagi xalq ozodlik kurashida qoʻlga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorlari vatanparvarlik ruhidagi ommaviy koʻshiqlar ham yaratishdi. 60— 80-yillarda G. Prokopyev, K. Makedonski, T. Zografski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopyeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppasi (1947), Folklor instituti (1950), radio xori (1945), oʻrta musiqa maktabi, Oliy pedagogika institutida musiqa kafedrasi mavjud. Makedoniyaning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida Tosh-kentda 20-asr kompozitorlari asarlaridan konsertlar oʻtkazilgan.

Teatri

tahrir

1901-yilda „Tashvish va tasalli“ deb atalgan targʻibot-vatanparvarlik teatr truppasi tashkil etildi, 1913-yilda Skopyeda birinchi doimiy serb Xalq teatri ochildi. 20—30-yillarda ishchi va talabalarning havaskorlik teatr jamoalari vujudga keldi. 1945-yilda Skopyedagi Xalq teatri Makedoniya xalq teatri deb atala boshladi. Teatr tarkibida drama va balet truppalari bor. Makedoniya sahnalarida mahalliy dramaturglar, jahon klassikasi va xorijiy mualliflarning asarlari qoʻyiladi.[2]

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Igor Janev, Legal Aspects of the Use of a Provisional Name for Macedonia in the United Nations System, AJIL, Vol. 93. no 1. 1999.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil