Mustaqillikga erishgandan soʻng Pokiston AQSH bilan yaqinlashish siyosatini yuritdi. Pokiston kuchli armiya tuzishga harakat boshladi va 1954-yil SEATО ga, 1955-yil SENTO ga aʼzo boʻldi. Britaniya mustamlakachiligining og‘ir oqibatlari, katta harbiy xarajat Pokistonning iqtisodiy jihatdan sekin rivojlanishiga, agrar davlatliligicha qolishiga sabab bo‘lgan. Mokiston hayotida 1-harbiy holat 1954-yilda oʻrnatildi.turli siyosiy guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Mamlakatda korrupsiya avj oldi. Bu hol hukumat beqarorligini keltirib chiqardi. Pokiston armiyasi qo‘mondonligi hokimiyatni qoʻlga olishga qaror qildi. Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Butun hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general (1959-yildan — feldmarshal) M. Ayubxon qo‘liga o‘tdi. Mamlakatda harbiy holat yana oʻrnatildi. Mamlakatda harbiy holat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Buni tushunib yetgan M. Ayubxon 1962-yil 8-iyunda harbiy holatni bekor qildi.Osiyo va Afrika davlatlari bilan munosabatlarda ijobiy tomonga o‘zgarish yuz berdi. Pokiston Isroilning arab davlatlariga qarshi agressiyasini qoraladi. SEATO va SENTO harbiy-siyosiy ittifoqlaridagi ishtirokini cheklab qo‘ydi. Biroq Pokistonda ichki vaziyat beqarorligicha qolaverdi. Mamlakatda vujudga kelgan chuqur siyosiy tanglik 1969-yilning 25-martida M. Ayubxonni isteʼfo berishga majbur etdi. Hokimiyat armiya bosh qoʻmondoni general Yahyoxon qo‘liga o‘tdi.yaxyoxon ham mamlakatda harbiy holat qaytadan oʻrnatdi lekin bu vaziyatni barqarorlashtirish uchun yordam bermadi. 1972-yilda Pokiston SEATO dan chiqdi.1977-yilning 5-iyunida Pokiston tarixida ikkinchi marta harbiy to‘ntarish amalga oshirildi.1977-yil 5-iyulda hokimiyat general Ziyoulhaq qoʻliga o‘tdi. Mamla- katda harbiy holat joriy etildi.1979-yilda Pokiston SENTO blokidan chiqdi. Qoʻshilmaslik harakatining qatnashchisi bo‘ldi. Harbiylarning navbatdagi hokimiyatdan ketishiga Ziyoulhaqning 1988-yik 17-avgust kuni samolyot halokati oqibatida halok boʻlishi sabab bo‘ldi. Harbiylar vujudga kelgan vaziyatdan yana foydalandilar. 1999-yilning 3- oktabrida ular hokimiyatni qoʻlga oldilar. Armiya bosh shtabi boshlig‘i general P. Musharraf o‘zini prezident deb eʼlon qildi. Pokistonda harbiy diktatura hukmronligi hamon davom etmoqda.

Pokiston — Oʻzbekiston munosabatlari

tahrir

0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Yaqin Sharq mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 1992- yil 27—28-iyun kunlari 0‘zbekistonga tashrif bu- yurdi. Tashrif chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, hukumatlar o‘rtasida madaniyat, so- g‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolangan Urdushunos olim A. Ibrohimov Lahor shahrida o‘zbek tili kurslarini tashkil etdi.0‘zbekistonning pilla, shoyi matolari, shisha va billurlari, yengil sanoat uchun mashina va uskunalari Pokistonda sevib xarid qilinsa, pokistonliklarning tayyor kiyimlari, charm kamzullari, shakar va kakaosi o‘zbekistonliklarga manzur bo‘lmoqda, 2004-yilda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash 8,4 mln. dollarni tashkil etdi. 43 mln. dollarlik paxta Eron bandargohlari orqali chetga chiqmoqda. Pokiston esa uchinchi davlat orqali paxta sotib olmoqda.2005-yil martida Pokiston Prezidenti P. Musharrafning 0‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bu masalalar muhokama qilindi. Pokiston sarmoyalari bilan 0‘zbekistonda 42 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2004-yilda ular 19,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqardilar. Tashrif chog‘ida hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, 2005—2009-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan madaniy aloqalar dasturi va xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

pokistonnig xx asrda xavfsizlik darajalari

tahrir

Pokiston qurolli kuchlarioltinchi eng katta jihatidan dunyoda faol harbiy xizmatchilar va uchta rasmiy birlashtirilgan xizmatlardan iborat Armiya, quruqlik kuchlari,Dengiz kuchlari va Havo kuchlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan turli xil konstitutsiyaviy ravishda sanktsiyalangan harbiylashtirilgan kuchlar.pokiston yadro quroliga ega yagona musulmon davlat.strategik yadro kuchlari milliy mudofa tomonidan boshqariladi.unga esa pokiston bosh vazziri rahbarlik qiladi. Qurolli kuchlar tuzilishining muhim tarkibiy qismi Strategik rejalar bo'linmasi kuchi Pokistonni saqlash va himoya qilish uchun javobgardir taktik va strategik yadro qurollari zaxirasi va aktivlar mavjud.2013 yildan boshlab, Xitoy Pokistonga harbiy texnika etkazib beruvchi ikkinchi yirik xorijiy davlat. Ikkala xalq ham o'zlarining rivojlanishida hamkorlik qiladi yadroviy va kosmik texnologiyalar va dasturlar mavjud. Pokiston harbiy texnikaning asosiy qismini mahalliylardan yani Xitoy va Qo'shma shtatlardan oladi.